kathaq@mail.ru

Kitob o‘qing, kam bo‘lmaysiz!


Har bir  inson avvalo o‘zining hayotida, yetuk  inson bo‘lishida kitobdan minnatdor bo‘lishi kerak. Chunki u barcha o‘qimishli kishilarni hayotga yashashga voqeilikka to‘g‘ri ko‘z bilan qarashga o‘rgatdi. Inson hayotidagi o‘zgarishlarga sababchi bo‘ldi. Ilmga, kitobga qiziqgan kishilarning barchasi shu yo‘ldan borib buyuk kishilarga aylandi. Hatto ulardan biri o‘zimdagi barcha yaxshi fazilatlar uchun kitobdan minnatdorman deb tan olgan ekan. Darhaqiqat “Kitob bilim manbai”, “Kitob ulug‘ ustoz”, “Kitob hayot oftobi”, “Kitob tafakkur qanoti” va yana ko‘plab shu kabi iboralar kitobga atalgani bejiz emas. Bu so‘zlarni qadim-qadimdan xalqimiz naqadar kitobxon bo‘lganligining dalilidir. Tabiatdagi barcha hodisalar quyosh nuri bilan yuz berganidek xalqimizdagi barcha yaxshi fazilatlar kitob orqali vujudga kelgan deyilsa xato bo‘lmas. Chunki kitob ko‘ngilni nurafshon qiladi, qalblarga ziyo olib kiradi. U bitmas-tuganmas ma’naviy xazina kitobsiz komil inson bo‘lish amrimahol. Inson kitobdan nur, mehr olib o‘sib-ulg‘ayadi.
Qadimdan qolgan bir rivoyatda aytilishicha bir qishloqda ikki yigit yashab tilanchilik bilan kun ko‘rishar ekan. Lekin bittasining qo‘lidan kitob tushmas ekan. Kunlarning birida yurtning podshosi vafot etibdi. Baxt qushi aylanib shu yigitning boshiga qo‘nibdi va u yurtga podsho bo‘libdi. U o‘z bilimiga, o‘qigan kitoblariga suyanib yurtni odillik bilan boshqaribdi. Uning yutuqlaridan quvongan do‘sti uni tabriklagani kelibdi. Shunda u do‘stiga:
- Ey aziz do‘stim, men hayotda nimagaki erishgan bo‘lsam faqat kitob orqali erishdim. Undan olgan bilimim yordamida yurtni boshqaryapman. Juda ham baxtliman –debdi.
Bunday dono so‘zlarni aytish uchun odam aqlli, o‘qimishli bo‘lishi kerak. Faqat aql sohibi bo‘lgan kishigina odamlarga yaxshilikni ravo ko‘radi. Podsholik mansabiga erishgan o‘sha yigit haqiqiy do‘st deb kitobni tanlagan va shu darajaga erishgan.
Kitobning yana buyuk xizmatlaridan biri shuki u ma’naviy me’rosimizni avloddan-avlodga yetkazadigan buyuk xazinadir. Agar kitob bo‘lmasa eng qadimgi voqealarni, buyuk allomalarni qayerdan bilardik? Ularning hayotini, buyuk ishlarini qayerdan o‘rganardik? Donolikni, ulug‘likni, aqllilikni qayerdan olardik? Shuni ham aytib o‘tish lozimki, inson umr bo‘yi, beshikdan-qabrgacha o‘qib o‘rganishga buyurilgan. Chunki u qalblarimizni yorituvchi qo‘shdir. Dinimizda bir voqeani ko‘p eslatishadi. Ya’ni Badrjangida asr tushgan o‘qimishli kishilarga agar ular o‘nta bolani yozish-chizishiga o‘rgatsa ozod qilinishi aytilgan ekan. Payg‘ambarimiz meni Allohga yaqinlashtiradigan yangi ilm o‘rganmaganim uchun u kunda menga yaxshilik yo‘qdir-degan ekan.
Ajablanar tomoni shundaki, o‘tmishda buyuk insonlarni yetishtirgan dono xalqimiz orasida kitobga bo‘lgan qiziqish o‘qish darajasi nega pasayib ketdi? Ilgari qo‘lidan kitob tushmaydigan o‘qimishli odamlar qayerda qoldi? Agar nega kitob o‘qimaysiz? deyilsa darhol internetni bahona qilishadi. To‘g‘ri, internetdan istalgan ma’lumotni olish mumkin. Lekin internet kitob beradigan qiziqishni, mehrni berolmaydi. Kitobning o‘rnini bosolmaydi.
Ba’zi ota-onalar bolamda mehr yo‘q, meni yaxshi ko‘rmaydi deb nolib yuradilar. Chunki, tug‘ilganidan boshlab do‘kondan olingan kukundan (parashok) oziqlanadi. Kukun harqancha zo‘r bo‘lmasin ona sutining o‘rnini bosolmaydi. Unda mehr nima qilsin. Internet ham hamma ma’lumotni beradiyu lekin mehrni qiziquvchanlikni berolmaydi. U shunchaki ma’lumotni beradi xolos. Kukun ham faqat bolaning qornini to‘ydiradi.
Ilgari odamlar “Navoiy”, “Qutlug‘ qon”, “O‘tgan kunlar”, “Mehrobdan chayon”, “Avlodlar dovoni”, “Boburnoma”, “Ajdodlarimiz fojiasi” va yana ko‘pgina romanlarni qiziqib o‘qirdilar va odamlar to‘plangan joyida shu kitoblar haqida munozara, tortishuvlar bo‘lardi. Maktablarda mushoiralar, yozuvchi va shoirlar bilan uchrashuvlar, kitob taqdimotlari o‘tkaziladi. Maktablarda, tashkilotlarda, mahallalarda kutubxonalar bo‘lib ularda kitobxonlar doim gavjum bo‘lardi. Hozir esa bularning aksi.
Lekin yozuvchilarimiz hozir ham yaxshi, mazmunli ayniqsa tarbiyaviy kitoblar yozishmoqda. Kitob do‘koniga kirib qolinsa bir-biridan chiroyli bezatilib qo‘yilgan qiziqarli kitoblarni ko‘rish mumkin, lekin, uni sotib oladigan xaridorlar kam. Sotuvchilar savdo bo‘lmaganidan kitob javoniga kiyim-kechak va boshqa narsalarni qo‘yib savdo qilishmoqda. Gazeta va jurnallar sotiladigan joy umuman yo‘q. Kitob boshqa-yu hayot boshqa deganlari shu bo‘lsa kerak-da.
Agar odamlar kitob o‘qiyman desa juda zo‘r kitoblar bor. Jumladan, yuqorida nomlari zikr etilganlardan tashqari Nurali Qobilning Sohibqiron Amir Temurga bag‘ishlangan 12-tomlik tarixiy epopeyasi Tohir Malikning “Odamiylik mulki”, “Kelinlar daftariga”, “Temur Malik” kabi tarixiy-tarbiyaviy kitoblari X.To‘xtaboyevning bolalarga atalgan kitoblari bundan tashqari, O‘tkir Hoshimov, Azamat Qorjovov, Nabi Hoshimovning turli mavzularda yozilgan kitoblari eng qiziqarli kitoblardir.
Yaqinda bir voqeaning guvohi bo‘ldim. Kitob do‘koniga kitoblarni ko‘zdan kechirayotgan edim. Shunda oddiygina bir yigit kelib kitoblarni ko‘raboshladi-keyin sotuvchidan yigit kitobni olib chiqib ketdi. Men ham birozdang so‘ng xaridimni qilib dalaga chiqdim. Ko‘chada kitob olgan yigit bashang keyingan bir olifta bilan gaplashib turibdi yigit kitobni maqtab oliftaga  ko‘rsatayapti. Olifta huddi mensimagandek yigitga qarab turibdi. Axiyri toqati toq bo‘ldi shekilli bir kitobga bir yigitga qarab aftini bujmaytirdida kitob o‘qiguncha o‘zingga qarasang-chi degandek labini burib jo‘nab qoldi. Yigitning gapi og‘zida qoldi. Bu dunyo ajib dunyo ekan-da. Kimdir kitobga qiziqadi lekin kitob olishga puli yo‘q. Kimningdir mol-dunyosi ko‘p, lekin kitob o‘qishdan mosuvo  qilingan.
Umuman olganda, kitob o‘qishdan maqsad nima? Bu savol javobini bilgan biladi bilmagan bilmaydi. Kitobning eng birinchi maqsadi, insonni shaxs sifatida shakllantirish, kamolga yetkazish, ilmli qilib dunyoni tanitish o‘qimishli qilib tarbiyalash, madaniyatli bo‘lish va boshqa ko‘pgina insoniy fazilatlarga ega bo‘lishdan iborat. Lekin bu vazifalarni bajarish har kimning o‘ziga bog‘liq. Internet bunday vazifalarni bajaraolmaydi. Har kimning o‘zi istasa, harakat qilsa o‘z maqsadiga erishadi. Xuddiki Alisher Navoiy aytganidek. 
O‘z vujudingga tafakkur aylagil,
Harne istarsen, o‘zingdan istagil.
Yoki Qur’oni Karimni olaylik. Bu kitobning buyukligini, sehrliligini hamma biladi. Shuning uchun ham u necha asrlardan beri o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Aksincha, qanchadan-qancha uloma-yu olimlarni tarbiyalashda xizmat qildi va hozir ham xizmat qilmoqda. Hadislar ham xuddi shunday ahamiyatga ega. Ularni o‘qib voyaga yetgan imom buxoriy, imom Termiziy, Moturudiy, Marg‘inoniy va yana ko‘plab buyuk kishilar yetishdi. 
Agar hurmatli ota-onalar, kitob o‘qishni kanda qilishmasa bolalar ham kitobga mehr qo‘yishadi va ulardan ham buyuk kishilar yetishib chiqishi aniq. Aytishlaricha, Ulug‘bek ham Beruniyning “Qonuni ma’sudiy” kitobini o‘qib buyuklikga erishgan ekan. Yana Beruniyning “Hindiston” nomli asari, Boburning “Boburnoma”si ham dunyoga mashxur, demak, bobolarimiz o‘zidan-o‘zi buyuk bo‘lib qolmagan. Farobiy, Ibn Sinolar ham Aristotelning “Metafizika” asarini o‘qib ulug‘likka erishganini tan olishgan.
Agar biron kishini to‘xtatib, «siz qachon va qanday kitob o‘qigansiz?», deb so‘rasangiz ko‘pchilik bu savolga javob berolmaydi. Demak, bolalari ham kitob o‘qimaydi. Mashhur bolalar adibi Xudoyberdi To‘xtaboyev ham o‘zining “Uyda novvos bor, kitob yo‘q” nomli maqolasida “Ota-onalar kitob o‘qimasa, farzandiga kitob olib berishmasa bola kimdan o‘rnak oladi?” deb yozgan edi. Bu ayni haqiqat. Shuning uchun ota-onalar ko‘proq kitob o‘qisin kam bo‘lmaydi. Hech bo‘lmasa bolalari uchun, ularning kelajagi uchun o‘qishsin: Ular ota-onasidan ibrat olib, olim bo‘lmasa ham odamiylikni biladigan yaxshi inson bo‘lib yetishishining o‘zi buyuk g‘alaba-ku! Agar hamma shu yo‘ldan borib, o‘qimishli ilmli bo‘lsa butun xalq tushungan, bilimli, madaniyatli xalqqa aylanadi. Demak, bunday xalqda ziddiyatlar, kelishmovchiliklar, poraxo‘rlik, firibgarlik va boshqa salbiy holatlar, illatlar bo‘lmaydi. Naf balosi ham me’yoriga tushib korrupsiya butunlay yo‘qoladi. Baxtli hayot boshlanadi.

Chori Qung‘irov,
mehnat faxriysi, Xalq ta’limi a’lochisi.

Хато топдингизми?

Сичқонча ёрдамида хато қисмини танланг ва CTRL+ENTER тугмачаларини босинг.

Кўрсатилган ойнада муаммони тавсифланг ва маъмуриятга хабарнома юборинг.

Бошқа хабарлар

Qonun barcha uchun barobar!
Jamiyat / Tumanda bugun

Qonun barcha uchun barobar! ..

Kattaqo‘rg‘on tuman Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarish bo‘limi...

Туман ҳокимлиги ва фермер хўжалиги ўртасидаги ер ижара шартномаси суд томонидан бекор қилинди
Jamiyat

Туман ҳокимлиги ва фермер хўжалиги ўртасидаги ер ижара ..

Тумандаги “Мойбулоқ” массивида жойлашган "Азиза Зилол" узумчилик йўналишидаги фермер...

Изоҳ қолдириш

image

Календарь

«    Май 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 
image

Сайтимизнинг янги кўриниши сизга ёқдими?