kathaq@mail.ru

Xotira – muqaddas, qadr – azizdir



Jonajon O‘zbekistonimizda mustaqillik yillarida ham 9-may dastlab umumxalq bayrami sifatida, 1999-yildan boshlab esa «Xotira va Qadrlash kuni» sifatida nishonlanib kelinmoqda. Chunki, bu  kun shu yurtda yashayotgan har qaysi oila  uchun bevosita daxldor va ularning hayotida qandaydir chuqur iz qoldirgan tarixiy sanadir. 
Mustaqillik yillarida Xotira va Qadrlash kuni chinakam milliy – umumxalq bayramiga aylandi. Bu bayramda Ikkinchi jahon urushida va Afg‘oniston urushida halok bo‘lganlar eslanadi, umuman, o‘tganlar ruhi yodga olinadi, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining xotirasi oldida hurmat bajo keltiriladi.Chunki, yurtdoshlarimizdan urushda halok bo‘lgan har bir jangchi  O‘zbekiston farzandi edi. Ularni yoddan chiqarishga hech birimizning haqimiz yo‘q. O‘sha ma’shum Ikkinchi jahon urushida O‘zbekistonimizdan 1 million 433 ming 230 nafar odam ishtirok etdi. 604 ming 52 nafar hamyurtimiz urush maydonlaridan nogiron bo‘lib qaytdi, 450 mingdan ortiq vatandoshimiz esa qonli janglarda halok bo‘ldi. Fashizm ustidan g‘alaba qozonilganiga 79 yil o‘tgan bo‘lsa-da hamon oramizda qanchadan-qancha urush qatnashchilari, front ortida mehnat-mashaqqat chekkanlar bor. Ikkinchi jahon urushi janggohlaridan omon qaytgan bobolarimizni qadrlash va e’zozlash biz uchun ham qarz, ham farzdir. Tumanimizda  ham bugungi kunda Ikkinchi jahon urushi janggohlaridan omon qaytgan ikki nafar urush faxriysi istiqomat qiladi. “9 - may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Samarqand viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Bahodir Qodirov, tuman hokimi Jamshid Nasriddinov, sektor rahbarlari, Kattaqo‘rg‘on shahrida joylashgan 02855-harbiy qism komandiri hamda harbiy xizmatchilar, Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i, shuningdek, tumanning faollari Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari - Bog‘ot mahallasida yashovchi 100 yoshli Rahmat bobo Qobilov va Tarnov mahallasida yashovchi 100 yoshli Rayim bobo Yusupov xonadoniga tashrif buyurib, davlatimiz rahbarining tabrik, qimmatbaho sovg‘asi va 20 million so‘m bir martalik pul mukofotini tantanali topshirdi.
Ikkinchi jahon urushi janggohlaridan omon qaytgan va tinch osuda vatanda samarali mehnat qilib,bugungi kunda qarilik gashtini surayotgan otaxonlar- Rahmat bobo Qobulov va Raim bobo Yusupovlar ko‘rsatilayotgan hurmat-e’tibor uchun davlatimiz, Yurtboshimiz haqiga duo qilishib, ozod,obod va tinch vatanda yashayotgan yoshlarimiz dorulamon kunlarning qadriga yetishlari lozimligini takror-takror aytishdi.
Vatanimiz ozodligi va sha’ni-sharafi himoyachilariga bag‘ishlangan maxsus joylarda bu borada turli tadbirlar, uchrashuvlar va xotira kechalari bo‘lib o‘tmoqda. Inson bor ekan, xotira hamisha muqaddas, qadr azizdir.

Eshpo‘lat SAFAROV.

Хато топдингизми?

Сичқонча ёрдамида хато қисмини танланг ва CTRL+ENTER тугмачаларини босинг.

Кўрсатилган ойнада муаммони тавсифланг ва маъмуриятга хабарнома юборинг.

Бошқа хабарлар

Navbatdagi sessiya chaqirilmoqda: unda qanday masalalar ko‘riladi?
Siyosat / Jamiyat

Navbatdagi sessiya chaqirilmoqda: unda qanday masalalar ..

Navbatdagi sessiya chaqirilmoqda: unda qanday masalalar ko‘riladi?...

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI
Siyosat / Jamiyat

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI ..

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING Q A R O R I 2026-yilda Kattaqo‘rg‘on...

Изоҳ қолдириш

Оммабоп янгиликлар

image

Мақолалар архиви

Февраль 2026 (1)
Январь 2026 (3)
Декабрь 2025 (8)
Ноябрь 2025 (5)
Октябрь 2025 (1)
Сентябрь 2025 (11)

Календарь

«    Февраль 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425262728 
image

Сайтимизнинг янги кўриниши сизга ёқдими?