kathaq@mail.ru

Ustoz va murabbiylar kuni Kattaqo‘rg‘onda tantanali nishonlandi

1 oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni Kattaqo‘rg‘on tumanida katta tantanalar bilan nishonlandi. 

Qutlug‘ sananing bosh tadbiri tuman markazidagi  “Yoshlik” o‘yingohida tashkil qilindi. Unda tumandagi ustoz-muallimlar, maktabgacha  ta’lim tizimida ishlayotgan murabbiylar, faxriy pedagoglar jamlandilar. 


Tadbir avvalida tuman  hokimi Jamshid Nasriddinov sharafli kasb egalarini, ular timsolida tumandagi barcha o‘qituvchi va murabbiylarni kasb bayrami bilan muborakbod etib, el-yurt rivoji, yosh avlod kamoli yo‘lidagi ezgu faoliyatda omad va muvaffaqiyatlar tiladi. 
Ibratli faoliyati bilan e’tibor qozonib kelayotgan bir guruh o‘qituvchi va murabbiylar tuman hokimligining faxriy yorliq, qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. 

Xususan, 38 nafar pedagog tuman hokimining faxriy yorliqlariga munosib ko‘rildi.

Ko‘hna va navqiron kasb egalari jamlangan davrada taniqli san’atkor Dilshod Raxmonov ijrosida yangragan kuy-qo‘shiq tadbir ishtirokchilariga unutilmas lahzalarni hadya etdi.

O‘tkir USMONOV.
Хато топдингизми?

Сичқонча ёрдамида хато қисмини танланг ва CTRL+ENTER тугмачаларини босинг.

Кўрсатилган ойнада муаммони тавсифланг ва маъмуриятга хабарнома юборинг.

Бошқа хабарлар

Qonun barcha uchun barobar!
Jamiyat / Tumanda bugun

Qonun barcha uchun barobar! ..

Kattaqo‘rg‘on tuman Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarish bo‘limi...

Туман ҳокимлиги ва фермер хўжалиги ўртасидаги ер ижара шартномаси суд томонидан бекор қилинди
Jamiyat

Туман ҳокимлиги ва фермер хўжалиги ўртасидаги ер ижара ..

Тумандаги “Мойбулоқ” массивида жойлашган "Азиза Зилол" узумчилик йўналишидаги фермер...

Изоҳ қолдириш

image

Календарь

«    Май 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 
image

Сайтимизнинг янги кўриниши сизга ёқдими?