kathaq@mail.ru

HOMILADORLIKDA QON BOSIMINING OSHISHI VA PASAYISHI SABABLARI


Homiladorlik bilan bog‘liq o‘zgarishlar butun organizmga ta’sir qiladi. Yurak qon tomir tizimi ham bundan mustasno emas. Bu vaqtda qon bosimi bilan nima sodir bo‘ladi va uni qanday nazorat qilish kerak?
Homiladorlik paytida, homila tufayli ona organizmiga, xususan, yurak qon tomir tizimiga yangi talablar qo‘yiladi: ayolning tana vazni o‘zgarishi, bachadon va yo‘ldoshning o‘sishi, homilaning kattalashishi sodir bo‘ladi, qo‘shimcha uteroplasentar qon aylanish doirasi qo‘shiladi.
Bu davrda qon tomirlarga ko‘plab omillar o‘z ta’sirini o‘tkazadi, jumladan:
- Markaziy asab tizimining tonusi va gormonal fon o‘zgarishlari; - Qon aylanishi hajmining ko‘payishi;-  Diafragma balandligining oshishi;-  Qorin bo‘shlig‘idagi bosimning oshishi.
Bundan tashqari, yurakning ko‘krak qafasidagi joylashuvi biroz o‘zgaradi va uning qisqarishlar soni oshadi. Organizmning barcha sa’y-harakatlari rivojlanayotgan homilani oziq moddalar va kislorod bilan ta’minlash uchun bachadon va yo‘ldoshda qon aylanishini yaxshilashga qaratilgan. Shu sababli qon bosimidagi o‘zgarishlar hayratlanarli holat emas.
Homiladorlikning 28-dan 32-haftagasicha onaning yurak qon tomir tizimiga maksimal yuk tushadi, shuning uchun bu davrda yurak qon tomir tizimi kasalliklari bo‘lgan homilador ayollarning umumiy ahvollari yomonlashishi mumkin.Yurak qon tomir tizimi tug‘ruq jarayonini ta’minlash, ona-yo‘ldosh-homila tizimida qon aylanishini yaxshilash, ona va homila ushbu davrni yengib o‘tishi uchun barcha zaxiralarini safarbar etadi.
Jismoniy stress va og‘riqlarga javoban yurak qisqarishlari soni ortadi va qon bosimi ko‘tariladi. Bundan tashqari, u aorta va bachadon ortida joylashgan pastki g‘ovak venaning siqilishi tufayli refleksli ravishda ko‘tarilishi mumkin.
Agar bo‘lajak ona gipotonik (qon bosimi past yuradigan) bo‘lsa, I-II trimestrda qon bosimining yanada past ko‘rsatkichlarga tushishini taxmin qilish mumkin. Holsizlik va uyquchanlik barcha homilador ayollarga xos bo‘lsa-da, gipotonik ayollarda bu alomatlar aniqroq namoyon bo‘ladi.Bu holatda shifokor tomonidan belgilangan suyuqlik ichish tartibiga rioya qilish, kuniga kamida 8 soat uxlash kerak. Bunda 22:00 dan kechikmasdan uyquga ketishga harakat qilish tavsiya etiladi. Chunki shu vaqtdan boshlab organizmni stressdan himoya qiladigan va metabolizmni normallashtiradigan gormonlar ishlab chiqarila boshlaydi.
Bundan tashqari, me’yorida ovqatlanish, toza havoda sayr qilish, homilador ayollar uchun mo‘ljallangan mashqlar bajarish lozim. Ko‘k yoki qora choy tetiklashishga yordam beradi. Agar arterial bosimning pastligi ona holatiga salbiy ta’sir o‘tkazmasa, qo‘shimcha dori vositalari qabul qilishning hojati yo‘q. Ammo har holda, onalar bu davr davomida shifokor nazoratida bo‘lishlari lozim.
Agar homilador ona gipertonik (qon bosimi yuqori yuradigan) bo‘lsa, bu kasallik homiladorlikka va homilaning rivojlanishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Gipertoniya bolaning ona qornida rivojlanishining sekinlashishiga, tug‘ruq vaqtidagi asoratlarga yoki homila yetarlicha kislorod va oziq moddalari olmasligi sababli vazni kam bo‘lib tug‘ilishiga olib kelishi mumkin.  Bunaqa vaziyatlarda dastlab stressning oldini olish, osh tuzi iste’molini cheklash kerak — u tanada suyuqlik ushlanib turishiga sabab bo‘ladi va qon tomirlari tonusini oshiradi. Shuningdek, taomnomadan achchiq ovqatlar, achchiq choy va qahvani chiqarib tashlash tavsiya etiladi.
Umuman olganda, qon bosimi baland bo‘lsa, har kuni dori-darmonlar qabul qilib borish talab qilinadi. Biroq bunday dori vositalarining aksariyati homiladorlik davrida qarshi ko‘rsatmaga egaligi sababli nafaqat homiladorlikning boshlanishi bilan, balki uni rejalashtirish bosqichida ham shifokor bilan preparatlarni bo‘lajak bolaga zarar yetkazmaydigan turiga almashtirish imkoniyatini muhokama qilish kerak.
Xulosa qilib aytganda, homiladorlik paytida ona va homila uchun xavfli holat — preyeklampsiya yoki kech gestoz rivojlanishi mumkin. Uning belgilariga qon bosimi oshishi, shishlarning ko‘pligi, peshob tarkibida oqsil bo‘lishi kiradi.
Preyeklampsiya alohida kasallik bo‘lishi yoki ilgari mavjud bo‘lgan gipertoniya fonida rivojlanishi mumkin. Shu sababli, bosimning oshishi bilan bog‘liq har qanday alomatlar — bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘zlar oldida sarob naqshlar paydo bo‘lishi, ko‘z oldi qorong‘ulashishi, quloqda shovqin paydo bo‘lishi kabi belgilar kuzatilganda shifokorga murojaat qilish zarur.


Saida HAMROYEVA,
Kattaqo‘rg‘on TTBga qarashli 
tug‘ruqxona terapevti.


Хато топдингизми?

Сичқонча ёрдамида хато қисмини танланг ва CTRL+ENTER тугмачаларини босинг.

Кўрсатилган ойнада муаммони тавсифланг ва маъмуриятга хабарнома юборинг.

Бошқа хабарлар

ҲУРМАТЛИ ЭЛЕКТР ЭНЕРГИЯСИ ИСТЕЪМОЛЧИЛАРИ!
Tumanda bugun

ҲУРМАТЛИ ЭЛЕКТР ЭНЕРГИЯСИ ИСТЕЪМОЛЧИЛАРИ! ..

“Сўғориш” подстанциясидаги электр ускуналарида жорий таъмирлаш ҳамд...

Xotira – muqaddas, qadr – azizdir
Долзарб мавзу

Xotira – muqaddas, qadr – azizdir ..

Jonajon O‘zbekistonimizda mustaqillik yillarida ham 9-may dastlab umumxalq bayrami...

Изоҳ қолдириш

image

Календарь

«    Май 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 
image

Сайтимизнинг янги кўриниши сизга ёқдими?