kathaq@mail.ru

Tuman hokimining Qarori

Viloyat hokimining 2021-yil 19-oktabrdagi 88-7-0-Q/21-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida va O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6- va 25-moddalariga asoslanib
QAROR QILAMAN:
1. Viloyati hokimining 2021-yil 19-oktabrdagi 88-7-0-Q/21-sonli qarori ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Tuman hokimining o‘rinbosarlari (E.Raximov, L.Raxmonov, Sh.Pulatov), sektor rahbarlari, tegishli korxona va tashkilotlarga kuzqish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini tashkil etish maqsadida:
- tuman aholisini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash uchun barcha hududlarda maqbul narxlarda oziq-ovqat yarmarkalarini tashkil etish;
- “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga ko‘mir, suyultirilgan gazni o‘z vaqtida yetkazib berish va bolalarni issiq kiyim-kechak bilan ta’minlash;
- olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda hamda sel kelishi oqibatida yo‘llar talofat ko‘rishi ehtimoli mavjud qishloqlarga ko‘mir va suyultirilgan gaz hamda kamida 15-20 kunga yetadigan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini yaratish kabi vazifalar yuklatilsin.
3. Quyidagilar:
- tuman iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlarini va ko‘p kvartirali turar-joy fondini 2021-2022-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar 1-ilovaga;
- tuman iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2021-2022-yillar davrida barqaror ishlashga tayyorlashni muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman komissiyasi tarkibi (keyingi o‘rinlarda – “Komissiya” deb o‘qilsin) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Komissiyaning zimmasiga:
- zarur hollarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2020-2022-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 576-sonli Qarori bilan tasdiqlangan parametrlarga shahar va tuman hokimliklarining asoslangan takliflari asosida o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obeyktlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2021/2022-yillar davrida barqaror ishlashga tayyorlashni muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat komissiyasiga takliflar kiritib borish;
- 2021-2022-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati yuzasidan har oy yakuni bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazib, mas’ul korxona va tashkilotlar hisoboti eshitilib borilishini ta’minlash;
- mazkur qaror bilan belgilangan parametrlarni bajarishga mas’ul bo‘lgan tegishli tashkilotlar rahbarlari belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarmagan yoki qoniqarsiz bajargan taqdirda ularga nisbatan o‘rnatilgan tartibda intizomiy jazo qo‘llash masalasi bo‘yicha tegishli choralarning ko‘rish;
- kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni talofatsiz o‘tkazish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2021-2022-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat komissiyasiga kunlik ma’lumot taqdim etib borish;
- kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni talofatsiz o‘tkazish yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobot berib borilishini hamda tuman hokimligi Axborot xizmati (J.Safarov), “Kattaqo‘rg‘on haqiqati” gazetasi (O‘.Usmonov) bu haqda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirib borishini ta’minlash kabi vazifalar yuklatilsin.
5. Tuman hokimining o‘rin­bosarlari (L.Raxmonov, Sh.Pula­tov)ga;
- bir hafta muddatda tumanda komissiya tarkibiga kiritilgan korxona va tashkilotlarning rahbarlaridan iborat hududiy ishchi guruhlar tashkil etsh va ular tomonidan amalga oshiriladigan ishlarni mahallalar kesimida belgilab berish;
- har bir mahallada xalq bilan muloqot tarzida o‘tkaziladigan uchrashuvlarda mazkur qaror bilan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va uni talofatsiz o‘tkazish bo‘yicha belgilab berilgan parametrlarning bajarilishi yuzasidan aholiga hisobot berib borish tizimini yo‘lga qo‘yish vazifalari yuklatilsin.
6. Tuman komissiyasi, hududiy ishchi guruh a’zolariga qishloq aholi punktlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha belgilangan parametrlar va chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
7. Tuman hokimining o‘rinbosari (L.Raxmonov) “Katta­qo‘rg‘on­tumangaz” gaz ta’minoti (F.Shari­pov), “Qoradaryo” elektr tarmoqlari korxonasi (P.Nazarov), tuman Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartish bo‘limi bilan birgalikda:
- elektr va tabiiy gaz qurilmalarini ta’mirlash, ularning barqaror ishlashini ta’minlash, issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga yoqilg‘i resurslarini uzluksiz yetkazib berish;
- aholiga, ijtimoiy soha ob­yektlariga, boshqa toifadagi iste’molchilarga zarur miqdorlarda energetika resurslarini yetkazib berish bo‘yicha muntazam ravishda “mahallabay” tizimda o‘rganishlar olib borib, ajratilgan resurslarni yetkazib berish choralarini ko‘rsin.
8. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari E.Raximov, tuman Moliya bo‘limi (M.Obbozov) bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan tasdiqlangan hududlarda tashqi sanitariya-gigiyenik uzellari talab darajasida bo‘lmagan ko‘p kvartirali sanitariya-gegiyenik holatlarini yaxshilash parametrlarida belgi­langan tadbirlarning loyiha-qidiruv ishlari xarajatlarini mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan 2021-yil 10-noyabrga qadar moliyalashtirsin.
9. Tuman hokimining o‘rinbosari L.Raxmonov zimmasiga iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2021/2022-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha parametrlar va chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash vazifasi yuklansin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining o‘rinbosari L.Raxmonov zimmasiga yuklatilsin.
11. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

Tuman hokimi          J.Nasriddinov

2021 - yil 15 - dekabr,
119-7-96-Q/21.
Хато топдингизми?

Сичқонча ёрдамида хато қисмини танланг ва CTRL+ENTER тугмачаларини босинг.

Кўрсатилган ойнада муаммони тавсифланг ва маъмуриятга хабарнома юборинг.

Бошқа хабарлар

Qonun barcha uchun barobar!
Jamiyat / Tumanda bugun

Qonun barcha uchun barobar! ..

Kattaqo‘rg‘on tuman Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarish bo‘limi...

Туман ҳокимлиги ва фермер хўжалиги ўртасидаги ер ижара шартномаси суд томонидан бекор қилинди
Jamiyat

Туман ҳокимлиги ва фермер хўжалиги ўртасидаги ер ижара ..

Тумандаги “Мойбулоқ” массивида жойлашган "Азиза Зилол" узумчилик йўналишидаги фермер...

Изоҳ қолдириш

image

Календарь

«    Май 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 
image

Сайтимизнинг янги кўриниши сизга ёқдими?