Vatanparvarlik— bu o‘z uyingni toza bo‘lishidan boshlanib, butun mamlakatning tinchligi va ravnaqi uchun mas’ul bo‘lishgacha bo‘lgan buyuk yo‘ldir.
Vatanparvarlik va Vatanga sadoqat tushunchalari shunchaki balandparvoz so‘zlar emas, qalbning chuqur qatlamlaridan joy olgan, insonni ulug‘vor maqsadlar sari undovchi ma’naviy quvvatdir
Vatanparvarlik turlari (Amaliy yondashuv)
Vatanparvarlikni harbiy jasorat bilan cheklab qo‘ymaslik kerak. U turli shakllarda namoyon bo‘ladi:
Ilmiy vatanparvarlik: Xalqaro olimpiadalarda bayrog‘imizni baland ko‘tarish, kashfiyotlar qilish orqali mamlakat nufuzini oshirishdir.
Iqtisodiy vatanparvarlik: Halol mehnat qilish, soliqlar to‘lash va yurt iqtisodiyotiga hissa qo‘shishdir.
Ekologik vatanparvarlik: Tabiatni asrash, suvni isrof qilmaslik va ona zaminni kelajak avlodga toza holda yetkazishdir.
Vatanga sodiq inson — milliy yuksalishning nafaqat ishtirokchisi, balki uning asosiy harakatlantiruvchi kuchidir. Sadoqat bu hissiyot emas, bilim, halol mehnat va yuksak mas’uliyat birligidir. Biz o‘z kundalik faoliyatimizda xoh u soliq sohasida bo‘lsin, xoh ta’limda bo’lsin, mas’uliyatni chuqur his etar ekanmiz, Yangi O‘zbekistonning poydevorini mustahkamlagan bo‘lamiz. Zero, mardlik va sadoqat mujassam bo‘lgan qalbda har doim Vatan manfaati ustuvor bo‘lib qolaveradi.
Umida GANIYEVA,
Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on
tuman soliq inspeksiyasi xodimi.



