kathaq@mail.ru

NAVOIYNI YOD ETIB


 Bugun buyuk mutafakkir, g‘azal mulkining sultoni, xamsanavis bobomiz Alisher Navoiy tavallud topgan kun. Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Hirot shahrida tug‘ilgan. Bu sana yurtimizda har yili katta ehtirom bilan nishonlanadi.Asrlar o‘tsa-da, uning so‘zi, fikri va g‘oyalari o‘z qadrini yo‘qotgani yo‘q.
 Biz o‘rta sinflardan boshlab Navoiy hayoti va ijodini o‘rganib kelamiz. Ayniqsa, bobomizning Husayn Boyqaro bilan bo‘lgan samimiy do‘stligi ko‘pchilik uchun ibratli. Biri — davlat boshqaruvida bo‘lgan sulton, biri — qalam bilan elga xizmat qilgan shoir. Ammo ularni birlashtirgan narsa — ilmga, adabiyotga va xalqiga bo‘lgan muhabbat edi.
 Alisher Navoiy g‘azallarida inson qalbining eng nozik tuyg‘ulari ifodalangan. Quyidagi bayt bunga yaqqol misol bo‘la oladi:
Orazin yopg‘och ko‘zumdin sochilur har lahza yosh,
Bo‘ylakim, paydo bo‘lur yulduz nihon bo‘lg‘och quyosh.
Bu misralarda yor yuzini yashirgach, ko‘zdan yosh to‘kilishi quyosh botib, osmonda yulduzlar paydo bo‘lishiga qiyoslanadi. Shoir oddiy so‘zlar orqali chuqur ma’no va tasvir yaratadi.
 Navoiy ijodi yoshlarni ezgulikka, sadoqatga, do‘stlik va vatanparvarlikka chorlaydi. U nafaqat o‘z davrining, balki bugungi kunning ham ustozidir. Shuning uchun ham Alisher Navoiy nomi va merosi xalqimiz qalbida hamisha yashaydi.
 Navoiy bugun biz bilan- so‘zimizda, tilimizda, qalbimizda yashaydi. Navoiy o‘tmish emas, balki o‘tmish va hozirgi zamonni bog‘lovchi ma’naviy ko‘prik. Navoiyning har bir bayti insonni ezgulikka chorlaydi. 
 Navoiyni yod etish tavallud kunini eslash emas- millatning o‘zligini, tilimizning qadrini va insoniylikni yana bir bor anglashdir. 

Yulduz SAMATOVA. 
Хато топдингизми?

Сичқонча ёрдамида хато қисмини танланг ва CTRL+ENTER тугмачаларини босинг.

Кўрсатилган ойнада муаммони тавсифланг ва маъмуриятга хабарнома юборинг.

Бошқа хабарлар

NAVOIYNI YOD ETIB
Долзарб мавзу / Jamiyat

NAVOIYNI YOD ETIB ..

Bugun buyuk mutafakkir, g‘azal mulkining sultoni, xamsanavis bobomiz Alisher Navoiy...

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг фермерларга
Долзарб мавзу / Jamiyat

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг ..

ҒАЛЛАНГИЗГА ҚЎШИМЧА ЎҒИТ БЕРИНГ ҲАМДА АГРОТЕХНИК ТАДБИРЛАРНИ ЎЗ ВАҚТИДА ҚЎЛЛАБ, ҒАЛЛАДАН...

Изоҳ қолдириш

Оммабоп янгиликлар

NAVOIYNI YOD ETIB

NAVOIYNI YOD ETIB..

admin 09-фев, 12:07
image

Мақолалар архиви

Февраль 2026 (2)
Январь 2026 (3)
Декабрь 2025 (8)
Ноябрь 2025 (5)
Октябрь 2025 (1)
Сентябрь 2025 (11)

Календарь

«    Февраль 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425262728 
image

Сайтимизнинг янги кўриниши сизга ёқдими?