
Toʻqsonbosti usulida ekin ekish uchun kuzda sovuq va namgarchilik boshlanmasdan avval sabzi, piyoz, osh lavlagi, karam, koʻkat sabzavotlar (ismaloq, ukrop, petrushka, selderey, kashnich, salat) kabi sovuqqa chidamli ekinlarning urugʻlari sepib ekiladi. Bu usulda qish davomida yerda yotgan urugʻlar bahor kelib, tuproq isishi bilan birga unib chiqadi.
Xalqimizda “To‘qsonda sug‘orsang, to‘qson botmon hosil olasan”, degan purma’no naql bor. Bunda qishning to‘qson kuni nazarda tutilgan. Bu naql bejiz aytilmagan, negaki mutaxassislarning ta’kidlashicha,kuzda ekilib, qor ostida qoldirilgan sabzavot ekinlari urug‘lari erta ko‘klamda yerdan juda barvaqt unib chiqib,tez rivojlanishi hisobiga erta hosil beradi.Erta bahorda esa mahsulotning bozori chaqqon bo‘lishi sir emas.
Dehqonchilikning to‘qsonbosti usuli yaxshigina daromad manbai bo‘lish bilan birga,aholining ertangi sabzavot mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish imkonini beradi.Natijada qish va bahor oylarida ham bozorlarimiz to'kin-sochin, narx navo barqaror bo'ladi...
Javlov Otaqulov,
Fitosanitar nazorati davlat Inspektori.



