kathaq@mail.ru

Xalq xizmatidagi yigit



Har bir yurtning ravnaqi, taraqqiyoti va farovonligi avvalo, uning fidoiy farzandlari orqali yuzaga chiqadi. Shu ma'noda xalq xizmati yo‘lida tinmay harakat qilayotgan yigitlarimizning sa'y-harakatlari e'tiborga loyiq. Ulardan biri - Jo‘rabek Sattorovdir. 
Jo‘rabek bolaligidan mehnatsevar bo‘lib ulg‘aydi. Maktabdagi o‘qish yillaridanoq uning faolligi va uyushqoqligi bilan tengdoshlaridan ajralib turganligini yaxshi eslaymiz. 


Bugun u xalq xizmatida yurgan, qalbi uyg‘oq yigit sifatida tanildi. Jo‘rabek o‘zining fidoiyligi bilan ko‘pchilikka ibrat bo‘lib kelmoqda. Xususan, "Tashabbusli byudjet" jarayonida faol ishtirok etib, aholini birlashtira oldi, ularni harakatlantirdi va g‘alabaga yetakladi. Bu jarayonda uning tashkilotchilik qobiliyati, odamlar bilan muloqot qilish mahorati yaqqol namoyon bo‘ldi. 
Shuningdek, Jo‘rabek Sattorov el hasharlarida ham hamisha tashabbuskor. Mahalladagi ko‘plab obodonlashtirish ishlarida uning qo‘li bor. Har bir ishda u xalq manfaatini o‘ylaydi, o‘zgalar dardiga befarq qaramaydi. Shu fazilatlari bilan u nafaqat yoshlarga, balki katta avlodga ham ibrat bo‘lmoqda. 
Jo‘rabekning oilasi ham uning g‘ururi. U farzandlarini mehnatsevar qilib, vatanparvarlik ruhida tarbiyalamoqda. 
Xalq xizmati yo‘lida astoydil mehnat qilayotgan bunday yoshlarning borligi yurtimiz kelajagining ravshanligidan darak beradi. 
Jamiyat taraqqiyoti yo‘lida xizmat qilish har kimning ham qo‘lidan kelavermaydi. Buning uchun eng avvalo, ishtiyoq va sadoqat zarur. Ha, har bir davr o‘z yigitlarini sinovdan o‘tkazadi. 
Biz mahallamizda Jo‘rabek kabi mehnatsevar va zabardast yigitlarimizning ko‘pligidan quvonamiz va ularga mustahkam sog‘lik, uzoq umr tilab qolamiz.


Hasan ALMATOV.
Хато топдингизми?

Сичқонча ёрдамида хато қисмини танланг ва CTRL+ENTER тугмачаларини босинг.

Кўрсатилган ойнада муаммони тавсифланг ва маъмуриятга хабарнома юборинг.

Бошқа хабарлар

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг фермерларга
Долзарб мавзу / Jamiyat

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг ..

ҒАЛЛАНГИЗГА ҚЎШИМЧА ЎҒИТ БЕРИНГ ҲАМДА АГРОТЕХНИК ТАДБИРЛАРНИ ЎЗ ВАҚТИДА ҚЎЛЛАБ, ҒАЛЛАДАН...

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI
Siyosat / Jamiyat

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI ..

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING Q A R O R I Kattaqo‘rg‘on tumanining...

Изоҳ қолдириш

Оммабоп янгиликлар

image

Мақолалар архиви

Январь 2026 (3)
Декабрь 2025 (8)
Ноябрь 2025 (5)
Октябрь 2025 (1)
Сентябрь 2025 (11)
Август 2025 (9)

Календарь

«    Январь 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 
image

Сайтимизнинг янги кўриниши сизга ёқдими?