kathaq@mail.ru

Tuman hokimligida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi


Bugun Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligida tuman hokimi Jamshid Nasriddinov boshchiligida ommaviy sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda tuman prokurori, soliq inspeksiyasi boshlig‘i, ichki ishlar bo‘limi rahbari hamda boshqa mas’ul tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Qabul jarayonida fuqarolar va tadbirkorlar o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan murojaat qilishdi. Har bir murojaat diqqat bilan tinglanib, joyida hal etilishi mumkin bo‘lgan muammolar bo‘yicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi. Qonuniy yechim talab etadigan murojaatlar esa nazoratga olinib, belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilishi ma’lum qilindi.
Tadbirda fuqarolar uy-joy, yer munosabatlari, tadbirkorlik faoliyati, soliq va huquq-tartibotga oid masalalar bo‘yicha savollar bilan murojaat qilishdi. Ayrim murojaatlar qabul chog‘ida ijobiy hal etildi, ayrimlari esa mas’ullar tomonidan o‘rganib chiqilishi belgilandi.
Tuman hokimi Jamshid Nasriddinov sayyor qabulning asosiy maqsadi fuqarolarning muammolarini joyida hal qilish, ularning hayotiy manfaatlarini himoya qilish ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, aholiga qulaylik yaratish va davlat organlari faoliyatida ochiqlikni ta’minlash bo‘yicha ham ko‘rsatmalar berdi.
Bunday sayyor qabullar aholining davlat idoralari bilan bevosita muloqotini yo‘lga qo‘yish, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Хато топдингизми?

Сичқонча ёрдамида хато қисмини танланг ва CTRL+ENTER тугмачаларини босинг.

Кўрсатилган ойнада муаммони тавсифланг ва маъмуриятга хабарнома юборинг.

Бошқа хабарлар

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг фермерларга
Долзарб мавзу / Jamiyat

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг ..

ҒАЛЛАНГИЗГА ҚЎШИМЧА ЎҒИТ БЕРИНГ ҲАМДА АГРОТЕХНИК ТАДБИРЛАРНИ ЎЗ ВАҚТИДА ҚЎЛЛАБ, ҒАЛЛАДАН...

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI
Siyosat / Jamiyat

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI ..

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING Q A R O R I Kattaqo‘rg‘on tumanining...

Изоҳ қолдириш

Оммабоп янгиликлар

image

Мақолалар архиви

Январь 2026 (3)
Декабрь 2025 (8)
Ноябрь 2025 (5)
Октябрь 2025 (1)
Сентябрь 2025 (11)
Август 2025 (9)

Календарь

«    Январь 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 
image

Сайтимизнинг янги кўриниши сизга ёқдими?