
Mamlakatimizda sud-huquq sohasini yanada demokratlashtirishga va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Xorijiy davlatlarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlarini ta’minlash kafolatlarini kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ayrim xorijiy davlatlar bilan ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni jazoni o‘tashni davom ettirish uchun, shuningdek o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan shaxslarni majburiy davolashni davom ettirish uchun qabul qilib olish va berish to‘g‘risida xalqaro shartnomalar tuzilgan.
Masalan, O‘zbekiston Respublikasining Ukraina, Turmaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Birlashgan Arab Amirliklari bilan ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoga hukm qilingan va jazoni o‘tayotgan mahkumlarni jazo o‘tashini davom ettirish uchun qabul qilish va berish haqidagi shartnomalari shular jumlasidandir.
Xuddi shunday shartnomalarni izolash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi boshqa davlatlar bilan ham muzokaralar olib bormoqda.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-prosessual kodeksida xorijiy davlat sudining qarori tan olinishi va ijroga qaratilishini, ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni hamda o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan shaxslarni qabul qilib olish hamda berish asoslarini, shuningdek sud jarayoni ishtirokchilarining prosessual maqomini tartibga soluvchi normalarni nazarda tutuvchi qoidalarni belgilash zaruriyati yuzaga kelgan.
Shunga ko‘ra, Qonunchilik palatasi tomonidan 2024 yil 13 avgust kuni qabul qilingan, Senat tomonidan 2024 yil 24 oktyabr kuni ma’qullangan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-prosessual kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi №1009 sonli Qonun 2024 yil 04 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolanib, kuchga kirgan.
Ushbu Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-prosessual kodeksi xorijiy davlat sudining qarori tan olinishi va ijroga qaratilishini, ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni o‘tashni davom ettirish uchun, shuningdek o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun qabul qilib olishni hamda xorijiy davlatga berishni nazarda tutuvchi yangi 66-bob va 14 ta modda bilan to‘ldirildi (610-623 moddalar).
Shuningdek, ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni va o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan shaxslarni qabul qilib olish hamda berish asoslari, sud jarayoni ishtirokchilarining prosessual maqomi belgilangan.
Qonun xorijdagi fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklari samarali himoya qilinishini kuchaytirishga, milliy qonunchilikda ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni hamda o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan shaxslarni qabul qilib olish va berish tartibining normativ-huquqiy asosini shakllantirishga hamda ularga belgilangan jazoni o‘z davlatida o‘tash imkoniyatini berish orqali ijtimoiy reabilitatsiya qilinishini jadallashtirishga xizmat qiladi.
Ushbu qonun bilan JPKga kiritilgan 610-moddada O‘zbekiston Respublikasi tomonidan xorijiy davlat sudining qarorini tan olish va ijroga qaratish belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra,
1) xorijiy davlatda ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoga hukm qilingan va jazoni o‘tayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi — jazoni O‘zbekiston Respublikasida o‘tashni davom ettirish uchun qabul qilib olinganda;
2) xorijiy davlat hududida aqli norasolik holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan yoki ushbu qilmishni sodir etganidan keyin ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga nisbatan xorijiy davlat sudining tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi qarori mavjud bo‘lsa, — majburiy davolashni O‘zbekiston Respublikasida davom ettirish uchun qabul qilib olinganda;
3) xorijiy davlat sudi tomonidan hukm qilinib, jazoni o‘tamagan shaxs xorijiy davlat tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga ushlab berilganda;
4) xorijiy davlat sudi tomonidan hukm qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosini xorijiy davlatga ushlab berish rad etilganda;
5) O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan boshqa hollardaxorijiy davlat sudining qarori ushbu Kodeksda belgilangan tartibda va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq quyidagi hollarda O‘zbekiston Respublikasida tan olinishi va ijroga qaratilishi mumkin.
Ushbu qonunda ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni o‘tashni davom ettirish uchun, shuningdek o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun berish va qabul qilib olish uchun 611-moddasidaKodeksda belgilangan tartibda va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga asosan:
1) jazoni o‘tashni davom ettirish uchun — O‘zbekiston Respublikasi sudi tomonidan ozodlikdan mahrum etilgan chet el fuqarosi o‘zi fuqaroligiga mansub bo‘lgan davlatga berilishi yoki xorijiy davlat sudi tomonidan ozodlikdan mahrum etilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi xorijiy davlatdan qabul qilib olinishi mumkinligi;
2) majburiy davolashni davom ettirish uchun — O‘zbekiston Respublikasi hududida aqli norasolik holatida ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan yoki ushbu qilmishni sodir etganidan keyin ruhiy holati buzilishi yuzaga kelgan va o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi sudining qarori mavjud bo‘lgan chet el fuqarosi o‘zi fuqaroligiga mansub bo‘lgan davlatga berilishi yoki xorijiy davlat sudi tomonidan o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi xorijiy davlatdan qabul qilib olinishi mumkinligi belgilangan bo‘lib, ushbu shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi tomonidan qabul qilib olishga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni o‘tayotgan yoki majburiy davolanishda bo‘lgan shaxsning yoxud uning qonuniy vakilining yoki yaqin qarindoshining arizasiga, shuningdek qabul qilinayotgan shaxsning yoki uning qonuniy vakilining roziligi bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining yoki xorijiy davlat vakolatli organining so‘roviga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi.
Shuningdek, ushbu qonunda ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni o‘tashni davom ettirish uchun, shuningdek o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun berish va qabul qilib olish, ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni o‘tashni davom ettirish uchun, shuningdek o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun qabul qilib olish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish, ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni o‘tashni davom ettirish uchun, shuningdek o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun qabul qilib olishda jazoni belgilash tartibi, qabul qilib olingan shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni ijro etishni yoki tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash, xorijiy davlat sudining qarorini o‘zgartirish yoki bekor qilish, ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni o‘tashni davom ettirish uchun, shuningdek o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun berish shartlari, ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni o‘tashni davom ettirish uchun, shuningdek o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun berish to‘g‘risidagi masalani hal qilish, berilgan shaxsga nisbatan sud hukmini bekor qilish yoki o‘zgartirish, shuningdek tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llashni tugatish yoki o‘zgartirish to‘g‘risidagi xabarnoma berish, ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni o‘tashni davom ettirish uchun, shuningdek o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun xorijiy davlatga berishni rad etish, ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni o‘tashni davom ettirish uchun, shuningdek o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun berish va qabul qilib olish bilan bog‘liq xarajatlarni undirish tartib va asoslari, shuningdek ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni o‘tash uchun berishning huquqiy oqibatlari qonunan belgilab qo‘yilgan.
Bir so‘z bilan aytganda, ushbu qonun jinoiy-huquqiy sohada xalqaro hamkorlikni yanada rivojlashtirishga, insonpavarlik va inson huquqlarini hurmat qilish prinsplariga amal qilishga, mahkumlarning jazoni o‘zlari fuqarosi bo‘lgan davlatda o‘tashlari jazoni ijro etish maqsadiga yanada samarali erishishga, huquqbuzarliklarni jamiyatda normal hayotga qaytishga ko‘maklashishga xizmat qiladi.
Frenkel Sergey Aleksandrovich,
O‘zbekiston Respublikasi
Bosh prokuraturasi
boshqarma boshlig‘ining
o‘rinbosari.



