kathaq@mail.ru

YOZ O‘TMOQDA SOZ


    Yoz - yoshlar uchun ta’til davri bo‘lish bilan birga, ularning ruhiy-ma’naviy jihatdan kamol topishi, o‘zini anglashi, qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirishi uchun betakror fasl hisoblanadi. Ayniqsa, maktab o‘quvchilari uchun yozgi ta’til -- ta’limdan tashqari, hayotni o‘rganish, yangi sohalarni kashf etish va foydali mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish imkonidir. 
    Shu maqsadda mamlakatimiz bo‘ylab joriy etilgan 'Dolzarb 90 kun" loyihasi katta ahamiyat kasb etadi. Ushbu loyiha yosh avlodning intellektual salohiyatini, ijodiy qobiliyatlarini va vatanparvarlik tuyg‘ularini oshirishga qaratilgan bo‘lib, mahallalarda va ta’lim muassasalarida o‘ziga xos mazmunda yo‘lga qo‘yilmoqda. Jumladan bizning 74-umumta’lim maktabida ham ijodkorlar bilan adabiy uchrashuvlar, kitobxonlik tanlovlari, to‘garak mashg‘ulotlari va sport musobaqalari kabi tadbirlar yo‘lga qo‘yilgan. 
    Yaqinda maktabimizda shoirlar Do‘stmuhammad Do‘st va Qahramon Eshmurodov bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Badiiy ijodga qiziquvchi o‘quvchilarimiz o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olish bilan birga, she’riy mashqlaridan o‘qib berishdi. 
    O‘quvchilarni tarixiy manbalar, ashyolar bilan tanishtirish, tariximizni o‘rganishga qiziqtirish maqsadida tarixchi Sherquvvat Primovning shaxsiy muzeyiga sayohat uyushtirildi. Domla tarixiy buyumlarning davri, qaysi asrga oidligi va foydalanish usullari haqida o‘quvchilarni qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishtirar ekan, ularda o‘tmishimizga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirdi. 
    Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari sport va salomatlik tadbirlari doirasida o‘quvchilar o‘rtasida voleybol musobaqasini o‘tkazishdi. 
    "Yoshlarga maslahat" rukni ostida katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan, mahallada obro‘-e’tibor topgan otaxon va onaxonlarni taklif qilib, ulardan hayotiy maslahatlar olish maqsadida uchrashuv tashkil qilish rejasidamiz. 
   Xulosa qilib aytganda, "Dolzarb 90 kun" loyihasi orqali yoshlar o‘rtasida ma’naviy yuksalish, ijtimoiy faollik va kelajakka ishonchli qarashni shakllantirish maqsadidamiz. O‘ylaymizki, ushbu loyiha doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlar nafaqat ta’til paytida yoshlarning vaqtini mazmunli o‘tkazishga xizmat qiladi, balki ularni hayotga tayyorlash, mustaqil fikrlaydigan, foydali inson bo‘lib yetishmog‘ida muhim o‘rin tutadi. 


Farhod O‘ROLOV,
74-maktab direktori.

Хато топдингизми?

Сичқонча ёрдамида хато қисмини танланг ва CTRL+ENTER тугмачаларини босинг.

Кўрсатилган ойнада муаммони тавсифланг ва маъмуриятга хабарнома юборинг.

Бошқа хабарлар

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг фермерларга
Долзарб мавзу / Jamiyat

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг ..

ҒАЛЛАНГИЗГА ҚЎШИМЧА ЎҒИТ БЕРИНГ ҲАМДА АГРОТЕХНИК ТАДБИРЛАРНИ ЎЗ ВАҚТИДА ҚЎЛЛАБ, ҒАЛЛАДАН...

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI
Siyosat / Jamiyat

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI ..

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING Q A R O R I Kattaqo‘rg‘on tumanining...

Изоҳ қолдириш

Оммабоп янгиликлар

image

Мақолалар архиви

Январь 2026 (3)
Декабрь 2025 (8)
Ноябрь 2025 (5)
Октябрь 2025 (1)
Сентябрь 2025 (11)
Август 2025 (9)

Календарь

«    Февраль 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425262728 
image

Сайтимизнинг янги кўриниши сизга ёқдими?