kathaq@mail.ru

Kattaqo‘rg‘on tumani prokurori Nozimov Mirzaxon Xojiyevichning huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha tumanimiz aholisiga yo‘llagan MUROJAATI


Assalomu alaykum, hurmatli Kattaqo‘rg‘on tumani aholisi!
Xabaringiz bor, tumanimizda huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bu borada Siz aziz tumanimiz aholisi va jamoatchilik vakillari bilan ham hamkorlikda o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirokingiz zarurligi bois, murojaat qilmoqdaman.
Xususan, keyingi vaqtlarda tumanimiz hududida
 yo‘l-transport hodisalari, ayniqsa,odam o‘limi bilan bog‘liq
 yo‘l-transport hodisalarisodir bo‘lmoqda.
Tahlillarga ko‘ra, o‘tgan yili 55 ta yo‘l-transport hodisalari sodir etilgan bo‘lib, shundan 16 tasi o‘lim bilan yakunlangan. Joriy yilning o‘tgan davrida esa, sodir etilgan 19 ta yo‘l-transport hodisalaridan 4 tasi o‘lim bilan yakunlangan bo‘lsa, qolgan 1 tasi bo‘yicha jabrlanuvchilar bir umrga nogiron bo‘lib qolishgan.
Yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlarning asosiy sabablari tahlil qilinganda, fuqarolarimiz tomonidan o‘zlariga tegishli transport vositalarini yo‘llarda cheklangan tezlikdan oshirgan holda harakatlanishlari, shuningdek, piyodalar yo‘lning belgilanmagan joylaridan kesib o‘tishlari, eng achinarlisi, ota-onalarning o‘zlarining voyaga yetmagan farzandlarini nazoratsiz qoldirayotgani sabab bo‘lmoqda.
Joriy yildagi yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq jinoyatlarning 4 tasi tezlikni me’yoridan oshirish oqibatida sodir etilgan bo‘lsa, 2 tasiga esa ota-onalarning voyaga yetmagan farzandlarini nazoratsiz qoldirgani sabab bo‘lgan.
Bu borada tuman huquqni muhofaza qiluvchi idoralari bilan hamkorlikda viktimologik profilaktika tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Shunga qaramasdan, yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq jinoyatlarsodir etilmoqda.
Yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq jinoyatlarining oldini olish, bu turdagi jinoyatlardan o‘zingiz yoki yaqinlaringizning jabrlanib qolmasliklariuchun Siz aziz tumanimiz aholisidano‘zlaringizga bog‘liq bo‘lgan bir qator choralarni ko‘rsangiz maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Birinchidan,transport vositalarini boshqarishdatezlikni me’yoridan oshirmasligingiz yoki yaqinlaringizning ham ushbu qoidalarga amal qilishlarini talab qilishingiz;
Ikkinchidan,o‘zingiz yoki yaqinlaringizga tegishli bo‘lgan transport vositalarini haydovchilik guvohnomasiga yoki yetarli haydovchilik malakasiga ega bo‘lmagan yoxud voyaga yetmagan shaxslarga boshqarish uchun bermasligini nazorat qilishlaringiz;
Uchinchidan,o‘zlaringizga tegishli bo‘lgan transport vositalarini mast holda boshqarmaslik yoki mast holdagi shaxslarga boshqarish uchun bermasligingiz;
To‘rtinchidan,voyaga yetmagan yoki o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan farzandlaringiz va yaqinlaringizni nazoratsiz qolmasliklaringiz so‘raladi.
Ushbu tadbirlarni amalga oshirsangiz, yo‘llarda yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga hamda yaqinlaringiz va boshqa fuqarolarning bu turdagi jinoyatlardan jabrlanib qolmasliklari
 uchun munosib hissa qo‘shgan bo‘lar edingiz.
Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki- Jinoyatlarning barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar, mahallalarda kriminogen vaziyat va jinoyatlar dinamikasi to‘liq tahlil qilinib, ularning faoliyatiga xolisona baho bergan holda, aybdor shaxslarga nisbatan ta’sirchan choralar ko‘rilmoqda, jinoyatlar soni oshgan mahallalarga mavjud kuch va vositalar to‘g‘ri taqsimlanmoqda, oila-turmush doirasida, ya’ni yaqin qarindoshlar o‘rtasida sodir etiladigan jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar kuchaytirilmoqda.
Aziz tumanimiz aholisi, tuman hududida sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olishda olib borilayotgan profilaktik ishlarga bee’tibor bo‘lmang, ushbu tadbirlarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yaqindan yordamingizni ayamang, qonunlarga rioya qiling.
Хато топдингизми?

Сичқонча ёрдамида хато қисмини танланг ва CTRL+ENTER тугмачаларини босинг.

Кўрсатилган ойнада муаммони тавсифланг ва маъмуриятга хабарнома юборинг.

Бошқа хабарлар

Navbatdagi sessiya chaqirilmoqda: unda qanday masalalar ko‘riladi?
Siyosat / Jamiyat

Navbatdagi sessiya chaqirilmoqda: unda qanday masalalar ..

Navbatdagi sessiya chaqirilmoqda: unda qanday masalalar ko‘riladi?...

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI
Siyosat / Jamiyat

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI ..

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING Q A R O R I 2026-yilda Kattaqo‘rg‘on...

Изоҳ қолдириш

Оммабоп янгиликлар

image

Мақолалар архиви

Февраль 2026 (1)
Январь 2026 (3)
Декабрь 2025 (8)
Ноябрь 2025 (5)
Октябрь 2025 (1)
Сентябрь 2025 (11)

Календарь

«    Февраль 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425262728 
image

Сайтимизнинг янги кўриниши сизга ёқдими?