kathaq@mail.ru

Zahmatkash pillakorlar – milliy matolarimiz bunyodkorlari


Yurtimizda qadimdan pillachilik kasbi hurmatga sazovor bo‘lgan. Bugun ham bu an’ana davom etmoqda. Fidokor pillakorlarimiz mehnati tufayli milliy matolarimiz — atlas, adras va shoyi liboslarimiz dunyoga taralmoqda.

Tumanimizda ham pilla yetishtirish bilan shug‘ullanayotgan oilalar ko‘pchilikni tashkil etadi. Yakkabog‘ mahallasida yashovchi Sohibov Rabbim va turmush o‘rtog‘i Ro‘ziyeva Gulnoraning oilasi ana shunday fidoiy oilalardan.
Gulnora opa 2011-yildan beri pillachilik bilan shug‘ullanib kelmoqda. "Qizim endigina 7 kunlik chaqaloq bo‘lganida ham pilla parvarishlaganman", deydi u. 
Har mavsumda oilasi bilan 6-7 quti ipak qurti boqib, 450 kilogrammgacha pilla topshiradi. Mehnati evaziga 10 million so‘mgacha daromad oladi, shuningdek, har mavsum oxirida bir tilechka somon ham beriladi.
"Pillachilik nozik va masʼuliyatli ish. Dorilangan bargni yedirishdan qo‘rqamiz. Chunki pilla kasallanishi mumkin.  Ish jarayonida oilamiz, qarindoshlarimiz va qo‘shnilarimiz birgalikda yordam berishadi, bu 1-2 kishini ishi emas," — deydi Gulnora opa. Uning so‘zlariga ko‘ra, pilla orqasidan oila ro‘zg‘origa baraka kiradi, hayot farovonligi ortadi.
Pillachilik mashaqqatli mehnatni talab etadi. Ipak qurti parvarishi uchun toza muhit, zarur harorat va sifatli tut barglari kerak bo‘ladi. Yetishtirilgan pilla esa kelgusida shoyi, atlas, adras kabi milliy matolar tayyorlashda asosiy xomashyo bo‘lib xizmat qiladi.
Bugungi kunda milliy liboslarga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Atlas va adrasdan tikilgan liboslar nafaqat kundalik hayotda, balki to‘ylarda, bayramlarda ham katta iftixor bilan kiyilmoqda. Bu esa, bevosita pillakorlar mehnatining natijasi ekani shubhasiz.
Pillakorlarning fidokorona mehnatini rag‘batlantirish maqsadida davlatimiz tomonidan bir qator imtiyozlar yaratilgan. Jumladan, yaqinda bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining sakkizinchi sessiyasida viloyat hokimining o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Zebo Saidova tomonidan maʼlum qilinishicha, ro‘yxatdan o‘tib pilla yetishtirgan ayollar va ularning farzandlari agrar yo‘nalishdagi oliy taʼlim muassasalariga imtiyozli suhbat asosida qabul qilinadi. Bu esa pillakor oilalar farzandlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.
Joriy yil bahor mavsumida Kattaqo‘rg‘on tumanida 434 tonna pilla yetishtirish rejalashtirilgan. Tumandagi pillakor aholiga jami 7 233 quti ipak qurti tarqatiladi. Bu jarayon "Kumush Tola" xususiy korxonasi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, har bir kilogramm pilla uchun pillakorlarga 32 ming so‘m naqd va 8 ming so‘m hisob-kitob asosida, jami 40 ming so‘mdan to‘lov amalga oshiriladi.
Pillakorlik — mashaqqatli va mehr talab qiladigan kasb. Gulnora opaning pillaga bo‘lgan samimiy mehrini esa quyidagi satrlar yaqqol ifodalaydi:
Uy to‘ridan joy berdim,
Qalb qo‘rimni berdim,
Bir oylik mehmonim bu, 
to‘rt bor uxlab turadi, to‘nini yechib beradi,
Har safar uxlab tursa, yana katta bo‘ladi.
Darhaqiqat, milliy liboslarimizning nafisligi, shoyi matolarning nozikligi va ularning xalqaro miqyosda eʼtirof etilayotganining zamirida fidoyi pillakorlarning zahmatli mehnati yotadi.


Yulduz SAMATOVA.

Хато топдингизми?

Сичқонча ёрдамида хато қисмини танланг ва CTRL+ENTER тугмачаларини босинг.

Кўрсатилган ойнада муаммони тавсифланг ва маъмуриятга хабарнома юборинг.

Бошқа хабарлар

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг фермерларга
Долзарб мавзу / Jamiyat

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг ..

ҒАЛЛАНГИЗГА ҚЎШИМЧА ЎҒИТ БЕРИНГ ҲАМДА АГРОТЕХНИК ТАДБИРЛАРНИ ЎЗ ВАҚТИДА ҚЎЛЛАБ, ҒАЛЛАДАН...

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI
Siyosat / Jamiyat

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI ..

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING Q A R O R I Kattaqo‘rg‘on tumanining...

Изоҳ қолдириш

Оммабоп янгиликлар

image

Мақолалар архиви

Январь 2026 (3)
Декабрь 2025 (8)
Ноябрь 2025 (5)
Октябрь 2025 (1)
Сентябрь 2025 (11)
Август 2025 (9)

Календарь

«    Февраль 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425262728 
image

Сайтимизнинг янги кўриниши сизга ёқдими?