
Bugun Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Yoshlik” o‘yingohida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mini-futbol bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati raisi kubogi uchun musobaqalarning mahalla bosqichiga start berildi.
Musobaqaning tantanali ochilish marosimida tuman hokimi Jamshid Nasriddinov, sektor rahbarlari, Davlat xavfsizlik xizmati Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi xodimlari, boshqa mas’ul tashkilotlar hamda yoshlar ishtirok etdi.
Dastlabki o‘yinni Navbahor va Balandchordara mahallalaridan tashrif buyurgan jamoalar boshlab berishdi.
Musobaqalar qizg‘in davom etmoqda.



