kathaq@mail.ru

Eng faxrlanadiganim o’zimizning qishloq ayollari yetishtirayotgan pilla mahsulotlari chet elga eksport qilinmoqda - Maryam Niyazova



13-mart kuni tumandagi "Kumush tola" xususiy korxonasida "Ipak qurti parvarishlash va tutchilik sohasiga oid zamonaviy texnologiyalarni qo’llash" mavzusida o’quv seminari o’tkazildi. 


O’quv seminarida Viloyat hokimi o’rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig’i Zebo Saidova, Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti bo’lim mudiri Davron Sodiqov, tuman hokimi o‘rinbosari Sayyora Jumayeva, "Kumush tola" korxonasi rahbari Maryam Niyazova hamda faol pillachi xotin-qizlar ishtirok etdi.


Pillani qayta ishlash va ipak mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "Kumush tola" xususiy korxonasining asoschisi Maryam Niyazova. Uning korxonasi nafaqat ipak mahsulotlari ishlab chiqarish bilan cheklanib qolmay, balki qishloq xo‘jaligi pillalarini qayta ishlash orqali qishloq aholisi uchun qo‘shimcha daromad manbasi yaratdi. Bu esa mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ipak qurti - tabiatning mo’jizasi. Bunday deyishimizning boisi, u juda qisqa vaqt ichida muhim sanoat xom ashyosi - oppoq pilla o’raydi. Uning har biridan o’rtacha 800-950 metr tola olish mumkin. Yurtimizda to’qilgan adras, atlas, shoyi kabi matolarning dovrug’i dunyoga taralgan.


2025-yilda pillachilik sohasida qisqa muddatda 810 nafar pillachilarni o’qitish rejalashtirilgan.


Seminar davomida pillani samarali yetishtirish, dezinfeksiya qilish,  Ipak qurtini bahorgi va takroriy mavsumda parvarishlashdagi muhim agrotexnik tadbirlari hamda ipak qurti kasalliklari va ularning profilaktikasi borasida ko’nikmalar berildi. 
So’nggida pillachilik sohasida faol ayollarga sertifikatlar topshirildi.


Yulduz SAMATOVA
Хато топдингизми?

Сичқонча ёрдамида хато қисмини танланг ва CTRL+ENTER тугмачаларини босинг.

Кўрсатилган ойнада муаммони тавсифланг ва маъмуриятга хабарнома юборинг.

Бошқа хабарлар

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг фермерларга
Долзарб мавзу / Jamiyat

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг ..

ҒАЛЛАНГИЗГА ҚЎШИМЧА ЎҒИТ БЕРИНГ ҲАМДА АГРОТЕХНИК ТАДБИРЛАРНИ ЎЗ ВАҚТИДА ҚЎЛЛАБ, ҒАЛЛАДАН...

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI
Siyosat / Jamiyat

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI ..

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING Q A R O R I Kattaqo‘rg‘on tumanining...

Изоҳ қолдириш

Оммабоп янгиликлар

image

Мақолалар архиви

Январь 2026 (3)
Декабрь 2025 (8)
Ноябрь 2025 (5)
Октябрь 2025 (1)
Сентябрь 2025 (11)
Август 2025 (9)

Календарь

«    Январь 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 
image

Сайтимизнинг янги кўриниши сизга ёқдими?