
Qirg‘iz mahallasida yashovchi Karimov Ulug‘bek, Daminov Karim va Islomov Ergash (ismi familiyasi o‘zgartirilgan) jinoiy guruh tuzib, o‘zgalarning mulkini yashirin tarzda talon-taroj qilish orqali boylik orttirishni maqsad qilgan. Ular kechasi soat 00:30 da Andoqsoy mahallasi Qo‘shqo‘ton qishlog‘ida yashovchi Dilshod Abduraxmonovning xonadoniga devoldan oshib kirib, og‘ilxonasidan 5 dona qo‘yini o‘g‘irlashdi. Qing‘ir ishning qiyig‘i chiqib, ular qo‘lga tushdi. Bundan tashqari, bir necha bor o‘g‘irlik qilib, yashirincha sotishga muvaffaq bo‘lishganini tan oldi. Sudning hukmiga ko‘ra, U. Karimov 5 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. K. Daminov esa ahloq tuzatish ishlari jazosi bilan jazolandi.
Sud jarayonida sudlanuvchilar qilgan jinoyatlarini tan olib, chin dildan pushaymon ekanliklarini bildirishdi. Jabr ko‘rganlar yetkazilgan zararlar qoplanib, o‘z mulklarini qaytarib olishdi.
Mazkur holat adolatli sud qarorining yaqqol namunasi bo‘ldi. Shu bilan birga, jinoyatning oldini olish va profilaktika choralari kuchaytirildi.
M. Ruzimurodov,
Kattaqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi katta tergovchisi.
✅ @Kattaqurgon_kechavabugun



