
Qoyil, Andoqsoyliklar “Tashabbusli budjet” loyihasida o‘zining tashabbuskorligi bilan ajralib turdi. Ular 3 ta muhim loyihada g‘olib bo‘lib, o‘z mahallasida ko‘chalarni asfaltlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ushbu g‘alaba mahalla aholisining birlashgan sa’y-harakatlari, tashabbuskorligi va jamiyatni rivojlantirishga bo‘lgan kuchli intilishlarining natijasidir.
Hozirda Andoq va Moybuloqning tutash yo‘llarini asfaltlash bo‘yicha ishlar jadal davom etmoqda. Bu loyiha nafaqat mahalla, balki tuman uchun ham katta ahamiyatga ega, chunki u transport harakatini osonlashtirish, aholi uchun qulaylik yaratish va atrof-muhitni yaxshilashga xizmat qilmoqda.
Yo‘lsozlar bu ishlarni sifatli va tez amalga oshirishga harakat qilayotgan bo‘lsa-da, bajarilayotgan ishlarning sifatini Andoqsoy mahallasining keksa otaxonlari va faol a’zolari muntazam ravishda nazorat qilmoqda. Ular o‘zlarining tajribalaridan foydalangan holda ishlarning sifatini ta’minlash va mahallada ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni kuzatib borishga alohida e’tibor qaratmoqdalar. O‘tkir Usmonov.



