
Sizning sevimli gazetangiz “KATTAQO‘RGʻON: KECHA VA BUGUN” gazetasiga 2025-yil uchun obuna qizg‘in davom etmoqda.
Siz-chi, Siz sevimli gazetangizga obuna bo‘ldingizmi? Yoki hali ham telefonga termulib, internet xabarlarini o‘qib o‘tiribsizmi?
To‘g‘ri, yangiliklarni internet tarmog‘i orqali ham o‘qishingiz mumkin. Lekin, turli sohaga oid va mulohazali maqolalarni siz faqat gazetadan topasiz.
Telefonni qo‘ying, u ham ko‘zga va ham hamyonga ziyon. Gazetaga obuna bo‘lsangiz, u sizga bir yil davomida yetkazib beriladi. Tumanda sodir bo‘layotgan yangiliklar, voqea-hodisalardan xabardor bo‘lasiz, obodonchilik-bunyodkorlik ishlari bilan batafsil tanishasiz. Shuningdek, respublikamiz va viloyatimizda bo‘layotgan yangiliklardan ham boxabar bo‘lasiz. Gazetada beriladigan tahliliy maqolalar sizni mulohaza qilishga undaydi. Chunki, gazetada chop etilayotgan maqolalar aholi, xususan, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Mulohaza qilib ko‘ring. Telefonda internetdan foydalanish uchun oyiga 40-50 ming so‘m to‘laysiz. Bu bir yilda qancha bo‘ladi? Gazetamizning obuna narxi esa uncha qimmat emas. Obunani tahririyatdan rasmiylashtirsangiz, mablag‘ni yanada tejaysiz. Uyda o‘tirib, bir yil mazza qilib gazeta o‘qishga ne yetsin. Shunday ekan, “KATTAQO‘RGʻON: KECHA VA BUGUN” gazetasiga 2025 yil uchun obuna bo‘lishga shoshiling, aziz mushtariylar!



