
Fayzikent MFY da joylashgan Sharipov Vahobiddin raisligidagi "Umarshox Vahobiddin dalalari" fermer xoʻjaligida paxta yigʻim-terim ishlari qizgʻin olib borilmoqda.
Fermer xoʻjaligi 40 gektar maydonga paxtaning Buxoro-xitoy navidan yetishtirgan. Joriy yil uchun 97 tonna paxtaga shartnoma qilgan va ortigʻi bilan bajarish koʻzda tutilgan.
Paxta dalasida 50 ga yaqin terimchilar hosilni yigʻib olishmoqda. Terimchilar orasida bir kunda oila budjetiga 500 minggacha daromad olib kelayotgan oilalar ham, nafaqaxoʻrlar ham bor. Isoqova Matluba va Sharipova Ziyoda onalar nafaqada boʻlishlariga qaramay, kuniga 110-140 kg paxta terishmoqda. Oʻzlari bilan suhbat qurar ekanmiz: Nafaqada boʻlsak ham yoshlarga oʻrnak boʻladigan gʻayratimiz bor- deyishadi.Toʻxtamishova Dilnavoz, Xudayqulova Xayriniso, Xudayberdiyeva Oysaralar ham kunlik rejani 150 kg dan kam qilishgani yoʻq.
Terimchilar bir mavsumda 5-6 mln, oilaviy paxta terimiga chiqayotganlar esa 8-10 mln daromad olishni reja qilishgan.Yulduz SAMATOVA



