
Kattaqo‘rg‘on tumanida, 45-umumta'lim maktabida Oʼzbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashi raisi E.Imomov saylov targ‘iboti doirasida 421-saylov uchastkasi saylovchilari bilan uchrashdi. Uchrashuvda partiyaning saylovoldi dasturining asosiy yo‘nalishlari haqida ma’lumot berdi.
Partiya xalqimizning tarixiy, ma’naviy, madaniy, ilmiy va tabiiy merosi fuqarolar tomonidan avaylab asralishi shartligi, davlat tomonidan muhofaza etilishi zarurligini qo‘llab-quvvatlaydi va bu borada huquqiy asoslarni takomillashtirib borish zarurligini ta’kidlab, quyidagilarni amalga oshirish zarur deb hisoblaydi.
-ro‘yxatga olinmagan madaniy meros obyektlarini aniqlash, davlat muhofazasiga olish, yo‘qolib ketishi yoki buzilishining oldini oluvchi qonunchilik tashabbuslarini ilgari surish;
-arxeologiya yodgorliklarini ochiq osmon ostidagi muzeyga aylantirish.
U, shuningdek, saylovchilarga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi 31-Samarqand saylov okrugi bo'yicha nomzod Maxbuba Ergasheva, 29-Qoradaryo saylov okrugidan viloyat Kengashiga nomzod Anvar Norboyev, Xalq deputatlari Kattaqo'rg'on tumani Kengashi 1-Omonboy saylov okrugidan nomzod Ilxom Qudratullayevni qoʼllab quvvatlashga chaqirdi.



