
Kattaqo‘rg‘on tumanida, 45-umumta'lim maktabida O'zbekiston Ekologik partiyasi Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashi raisi M.Doniyorov saylov targ‘iboti tadbirlari doirasida 421-saylov uchastkasi saylovchilari bilan uchrashdi. Uchrashuvda partiyaning saylovoldi dasturining asosiy yo‘nalishlari haqida ma'lumot berdi.
Doniyorovning ta’kidlashicha, partiya tuman (shahar)larning bosh rejasi tasdiqlanmagunga qadar qurilish ishlarini to‘xtatib turish, mamlakatning yo‘l infratuzilmasi uchun ajratiladigan summaning muayyan qismini majburiy ravishda piyodalar yo‘lakchalarini tashkil etishga yo‘naltirish, shaharlararo velosiped harakati uchun infratuzilma yaratish, avtomobil yo‘li qatnov qismi hisobidan skuterlar va velosipedlarda harakatlanish uchun alohida yo‘laklar tashkil etish bo‘yicha parlament va deputatlik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirishni maqsad qilgan.
U, shuningdek, saylovchilarga O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi 31-Samarqand saylov okrugi bo‘yicha nomzod Lola Safarova, 29-Qoradaryo saylov okrugidan viloyat Kengashiga nomzod Abdunabi Daniyarov, Xalq deputatlari Kattaqo'rg'on tumani Kengashi 1-Omonboy saylov okrugidan nomzod Doston Sattorovga ovoz berishni soʼradi.
@Kattaqurgon_kechavabugun



