
Kattaqo‘rg‘on tumanida, 45-umumta'lim maktabida O'zLiDeP Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Y.Toshonov saylov targ‘iboti tadbirlari doirasida 421-saylov uchastkasi saylovchilari bilan uchrashdi. Uchrashuvda partiyaning saylovoldi dasturining asosiy yo‘nalishlari haqida ma’lumot berdi.
Toshonovning ta’kidlashicha, partiya soliq ma’murchiligi tizimini soddalashtirish, barcha tadbirkorlar uchun soliqni to‘lash borasida adolatli va teng sharoitlar yaratish, soliq stavkalarining o‘zgarmasligini ta’minlovchi siyosat yuritilishi yo‘nalishida ish olib borish, soliq hisobotida inson omili ta’sirini keskin kamaytirish choralarini ko‘rish bo‘yicha parlament va deputatlik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirishni maqsad qilgan.
U, shuningdek, saylovchilarga O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi 31-Samarqand saylov okrugi bo'yicha nomzod Adxam Shadmanov, 29-Qoradaryo saylov okrugidan viloyat Kengashiga nomzod Farrux Shodiyev, Xalq deputatlari Kattaqo'rg'on tumani Kengashi 1-Omonboy saylov okrugidan nomzod Elboyeva Nilufarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.@Kattaqurgon_kechavabugun



