
Bugun Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligi binosida Yaponiyaning Yamogato universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan “Kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta'minlash va tadbirkorlikka jalb qilish” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminarda hokim yordamchilari va har bir mahalladan 2 nafar tadbirkor ishtirok etishdi. O‘tkazilgan seminar davomida professor-o‘qituvchilar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, kambag‘allikni kamaytirish va aholi bandligini oshirish bo‘yicha samarali usullarni taqdim etdilar. Ular o‘zlari olib borgan tadqiqotlar va amaliyotlar asosida, muvaffaqiyatli tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan strategiyalarni muhokama qildilar.Baxtiyor TILLAYEV,
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish tuman bo‘limi hokim yordamchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha bosh mutaxassisi.



