Kecha, tumanimizdagi 2-umumta’lim maktabida “Bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!” shiori ostida tumanda otaliqqa olingan hamda “Og‘ir toifa”dagi yoshlar ishtirokida vatanparvarlik va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir doirasida yoshlarning bandligini ta’minlashga qaratilgan “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi ham tashkil etildi.
Ushbu yarmarka orqali yoshlar o‘zlariga mos va munosib ish o‘rinlarini topishlari va bandliklarini ta’minlashlari imkoni bo‘ldi.
Yarmarka yoshlar o‘rtasida ish bilan ta'minlash, ularni ijtimoiy hayotga jalb qilish va mehnat bozoridagi imkoniyatlar bilan tanishtirish maqsadida amalga oshirildi.
Tadbirning asosiy maqsadi, birinchidan, yoshlarning Vatanga bo‘lgan sadoqatini oshirish, ularni ma’naviy jihatdan boyitish va ularning kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlash bo‘lsa, ikkinchidan, ularning bandligini ta‘minlash va jamiyatda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashishdir. Bu kabi tadbirlar yoshlarning hayotga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ularni faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lishga undaydi.

Bundan tashqari, tadbir davomida mahalla fuqarolari va ota-onalar ham yoshlar bilan yaqin hamkorlikda ishlashlari, ularning tarbiyasi, bilim olishlari va kasbiy rivojlanishlarida faol ishtirok etishlari lozimligi ta'kidlandi.

O‘.USMONOV



