kathaq@mail.ru

Xitoy investorlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida memorandum imzolandi


Kattaqurg‘onda Xitoyning Henan provinsiyasi investorlari bilan biznes forum bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filiali tomonidan o‘tkazildi va unda 60 ga yaqin xitoylik investorlar ishtirok etdi.
Tadbirda Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi, shahar va tuman hokimi o‘rinbosarlari hamda mahalliy tadbirkorlar ishtirok etib, Xitoy va O‘zbekiston tadbirkorlari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish maqsadida bir qator muhim masalalarni muhokama qildilar.


Forum davomida sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha B2B uchrashuvlari tashkil etildi. Ushbu uchrashuvlar orqali ishtirokchilar o‘zaro fikr almashib, yangi imkoniyatlarni ko‘rib chiqdilar.

Tadbir natijasida xitoylik investorlar va kattaqo‘rg‘onlik tadbirkorlar o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi, bu esa kelajakda o‘zaro foydali loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini yaratadi. Forum o‘zaro ishonchni mustahkamlash va iqtisodiy aloqalarni kengaytirish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qildi.


O‘tkir Usmonov.
Хато топдингизми?

Сичқонча ёрдамида хато қисмини танланг ва CTRL+ENTER тугмачаларини босинг.

Кўрсатилган ойнада муаммони тавсифланг ва маъмуриятга хабарнома юборинг.

Бошқа хабарлар

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг фермерларга
Долзарб мавзу / Jamiyat

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг ..

ҒАЛЛАНГИЗГА ҚЎШИМЧА ЎҒИТ БЕРИНГ ҲАМДА АГРОТЕХНИК ТАДБИРЛАРНИ ЎЗ ВАҚТИДА ҚЎЛЛАБ, ҒАЛЛАДАН...

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI
Siyosat / Jamiyat

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI ..

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING Q A R O R I Kattaqo‘rg‘on tumanining...

Изоҳ қолдириш

Оммабоп янгиликлар

image

Мақолалар архиви

Январь 2026 (3)
Декабрь 2025 (8)
Ноябрь 2025 (5)
Октябрь 2025 (1)
Сентябрь 2025 (11)
Август 2025 (9)

Календарь

«    Февраль 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425262728 
image

Сайтимизнинг янги кўриниши сизга ёқдими?