
Savdo-Sanoat Palatasining Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi joriy yil davomida bir qator muhim tashabbuslarni amalga oshirgan:
– 222 ta yuridik shaxs va 145 ta yakka tartibdagi tadbirkor palataning a’zolari sifatida ro‘yxatga olingan. Ularning 103 tasiga 558 ta bepul xizmat, 43 tasiga pulli xizmatlar ko‘rsatilgan.
– 12 ta tadbirkorga sudlarda da’vo arizalarini tayyorlashda va boshqa huquqiy masalalarda yordam berilgan.
– 280 ta tadbirkordan so‘rovnomalar o‘tkazilib, faoliyatlaridagi muammolar va takliflar yig‘ilgan bo‘lib, so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, muammolar tegishli idoralar bilan hamkorlikda hal qilingan.
– 124 ta ishsiz ayol va 68 ta yosh tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitilib, ularga sertifikatlar berilgan.
– Tuman hokimining tadbirkorlar bilan yil davomida 6 ta uchrashuvi tashkil etildi.
– 6 ta mahallada tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi, bu uchrashuvlarda tuman hokimi o‘rinbosarlari va tijorat banklari mas’ullari ishtirok etdi.
– 27 ta tadbirkorga 10 dan ortiq biznes ko‘rgazmalarida va xorijiy investorlar bilan uchrashuvlarda samarali ishtirok etishga yordam berilgan.
Xulosa o‘rnida Savdo-Sanoat Palatasining Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi tadbirkorlik muhitini yaxshilash va ularning huquqlarini himoya qilish borasida davomli faoliyat olib bormoqda.
“Kattaqo‘rg‘on: kecha va bugun”.



