kathaq@mail.ru

BU YIL FAN OLIMPIADALARIDA O‘QUVCHILARIMIZ YUQORI NATIJALARGA ERISHDI


Joriy o‘quv yilida o‘quvchilarimiz fan olimpiadalarida a’lo natijalar ko‘rsatdilar. Ularning mehnatlari va tayyorgarliklari o‘z samarasini berdi, natijada viloyat va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda yuqori o‘rinlarni egallashdi. Bu yutuqlar ta’limga qo‘yilgan e’tibor va o‘quvchilarning kuchli ishtiyoqining natijasidir.
Viloyat bosqichidagi yutuqlar:
1.  Geografiya fanidan 40-maktabning 9-sinf o‘quvchisi Malika Azimjon qizi Ibodullayeva 2-o‘rinni egallab, yaxshi natija ko‘rsatdi.
2.  Biologiya fanidan 15-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Kamoliddin Nurali o‘g‘li Ozodov 1-o‘rin sohibi bo‘ldi.
3.  Matematika fanidan 4-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Fazliddin Kamoliddin o‘g‘li Raximberdiyev 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Xalqaro olimpiadalardagi yutuqlar:
1.  TasIMO Xalqaro olimpiadasida 17-umum ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi Sherzod To‘lqin o‘g‘li Ashirboyev kumush medalni qo‘lga kiritib, 2-o‘rinni egalladi.
2.  Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasida 1-ixtisoslashtirilgan davlat umum ta’lim maktabining 7-sinf o‘quvchisi Ashrafjon Obidjon o‘g‘li Ravshanov bronza medalini qo‘lga kiritib, 3-o‘rinni egalladi.
3.  Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasida 15-umum ta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Kamoliddin Nurali o‘g‘li Ozodov 3-o‘rin va bronza medal bilan taqdirlandi.
4.  Hindistonda bo‘lib o‘tgan Xalqaro matematika musobaqasida 48-umum ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi Davronbek Diyorov katta yoshlilar jamoasida (KeyStageIII) 3-o‘rin va bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Bular barcha o‘quvchilarning o‘zlariga bo‘lgan ishonchlari, intilishlari va mehnatlarining samarasidir. Ta’limga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tiborning natijasi sifatida, ular o‘zlarining yutuqlari bilan Kattaqo‘rg‘on tumanining shuhratini yanada oshirishdi. Yangi o‘quv yilida barcha o‘quvchilarga yanada yuqori cho‘qqilarni zabt etishida muvaffaqiyatlar tilaymiz.


“Kattaqo‘rg‘on: kecha va bugun”.
Хато топдингизми?

Сичқонча ёрдамида хато қисмини танланг ва CTRL+ENTER тугмачаларини босинг.

Кўрсатилган ойнада муаммони тавсифланг ва маъмуриятга хабарнома юборинг.

Бошқа хабарлар

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг фермерларга
Долзарб мавзу / Jamiyat

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг ..

ҒАЛЛАНГИЗГА ҚЎШИМЧА ЎҒИТ БЕРИНГ ҲАМДА АГРОТЕХНИК ТАДБИРЛАРНИ ЎЗ ВАҚТИДА ҚЎЛЛАБ, ҒАЛЛАДАН...

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI
Siyosat / Jamiyat

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI ..

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING Q A R O R I Kattaqo‘rg‘on tumanining...

Изоҳ қолдириш

Оммабоп янгиликлар

image

Мақолалар архиви

Январь 2026 (3)
Декабрь 2025 (8)
Ноябрь 2025 (5)
Октябрь 2025 (1)
Сентябрь 2025 (11)
Август 2025 (9)

Календарь

«    Февраль 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425262728 
image

Сайтимизнинг янги кўриниши сизга ёқдими?