kathaq@mail.ru

“Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari tantanali o‘tkazildi


Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 107 ta umumta’lim maktabi va 2 ta nodavlat ta’lim muassasasida “Bir bo‘lsak yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!” shiori ostida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari o‘tkazildi.
 Tadbirlarda nuroniylar, faxriy ustozlar, mahalla raislari, ustoz-murabbiylar hamda o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi. Tumandan biriktirilgan hokimiyat vakillari Prezidentimizning yoshlarga murojaatini o‘qib eshittirdilar.
Mazkur murojaatdan quyidagi so‘zlar o‘rin oldi: “Qadrli o‘g‘il-qizlarim, mamlakatimiz istiqboli va barcha ezgu niyatlarimiz ijobatini avvalo sizlarning timsolingizda ko‘ramiz. Kelajakda turli sohalarda ulkan yutuq va zafarlarga erishib, yurtimizni dunyoga yanada keng tarannum etishingizni istaymiz. 
Marra baland, siz buyuk ishlarga qodirsiz! Har doim o‘z kuchingiz, qat’iyat va salohiyatingizga ishonishingiz lozim! Davlatimiz, xalqimiz va Prezidentimiz sizlarni bu yo‘lda doim qo‘llab-quvvatlaydi, har qanday yordamni ayamaydi.  Shuningdek, muhtaram Yurtboshimiz qizlarimiz tarbiyasining muhimligini quyidagicha izhor etdilar: “Men hurmatli ota-onalarga qarata aytmoqchiman: qizlaringizni o‘qiting, orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarishda ularga ko‘makchi bo‘ling! Ulug‘larimiz aytganidek, o‘g‘il bolani o‘qitsak, bir kishi savodli bo‘ladi. Qiz bolani o‘qitsak, butun oila, butun jamiyat bilimli bo‘ladi!” 
Bugungi Yangi O‘zbekistonning maktab bitiruvchisi esa hayotda o‘z o‘rnini topishi, munosib turmush sharoitiga ega bo‘lishi uchun oliy ta’lim muassasasiga kira oladigan darajada bilimni qunt bilan egallashi, ikki chet tilini o‘zlashtirishi, eng kami bittadan kasbni mukammal egallashi lozim. Biz siz, aziz yoshlarimizning shunday barkamol bo‘lib yetishishingizga ishonamiz. Zero, mamlakatimizning ertangi kuni, kelajagi va xalqimizning taqdiri ham faqat sizlarga bog‘liq.”


O‘tkir Usmonov.
Хато топдингизми?

Сичқонча ёрдамида хато қисмини танланг ва CTRL+ENTER тугмачаларини босинг.

Кўрсатилган ойнада муаммони тавсифланг ва маъмуриятга хабарнома юборинг.

Бошқа хабарлар

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг фермерларга
Долзарб мавзу / Jamiyat

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг ..

ҒАЛЛАНГИЗГА ҚЎШИМЧА ЎҒИТ БЕРИНГ ҲАМДА АГРОТЕХНИК ТАДБИРЛАРНИ ЎЗ ВАҚТИДА ҚЎЛЛАБ, ҒАЛЛАДАН...

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI
Siyosat / Jamiyat

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI ..

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING Q A R O R I Kattaqo‘rg‘on tumanining...

Изоҳ қолдириш

Оммабоп янгиликлар

image

Мақолалар архиви

Январь 2026 (3)
Декабрь 2025 (8)
Ноябрь 2025 (5)
Октябрь 2025 (1)
Сентябрь 2025 (11)
Август 2025 (9)

Календарь

«    Февраль 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425262728 
image

Сайтимизнинг янги кўриниши сизга ёқдими?