kathaq@mail.ru

Tibbiyot birlashmasiga yangi MSKT apparati o‘rnatildi - zamonaviy diagnostika endi yanada yaqin


Kattaqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasida zamonaviy “Multispiral kompyuter tomografiyasi” (MSKT) apparati o‘rnatildi. Bu yangilik tuman tibbiyotining sifat va imkoniyatlarini yangi bosqichga olib chiqdi. Zamonaviy tibbiy texnologiyalar bilan ta’minlangan bu apparat bemorlar uchun yuqori sifatli va aniq diagnostika imkoniyatlarini taqdim etadi.
MSKT apparatining ishga tushirilishi munosabati bilan tashkil etilgan tantanali marosimda tuman hokimi Jamshid Nasriddinov, viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Suxrob Zayniyev va mahalliy jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar yangi texnologiyaning tibbiyot tizimi uchun ahamiyati, uning samaradorligi va bemorlarga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlarning sifatini oshirishda tutgan o‘rni haqida so‘z yuritishdi.
MSKT apparati tibbiyotda keng qo‘llaniladigan texnologiya bo‘lib, u turli kasalliklarni aniqlashda, jarohatlarni tashxislashda, shuningdek, yurak-tomir, o‘pka, jigar, buyrak va boshqa ichki organlarni tekshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu zamonaviy apparat yordamida bemorlarning holati tez va aniq baholanadi, bu esa kasalliklarni dastlabki bosqichlarda aniqlash va zarur bo‘lganda o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatini beradi. 
Yangi apparatning tumanga olib kelinishi kattaqo‘rg‘onlik bemorlar uchun katta qulaylik yaratdi. Endi ular viloyat markaziga yoki Toshkent shahriga borish zaruriyatidan xalos bo‘lishdi. Tibbiy xizmatlar esa yanada yaqin va arzonlashdi, bu esa vaqt va mablag‘ni sezilarli darajada tejaydi. Shu bilan birga, yangi texnologiyalar joriy etilishi tibbiy xizmatlarning sifati va samaradorligini oshirib, aholining sog‘ligini saqlashda katta yordam beradi.
Bundan tashqari, MSKT apparati mutaxassislar tomonidan o‘zlashtirilib, tegishli malakali xodimlar tayyorlandi. Bu esa nafaqat bemorlar uchun, balki tibbiyot xodimlari uchun ham katta imkoniyatlar eshigini ochadi. Tumandagi tibbiyot xodimlari endilikda ilg‘or texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmasini rivojlantiradi va tibbiy yordam ko‘rsatishning yuqori darajasini ta’minlaydi.


O‘tkir USMONOV.

Хато топдингизми?

Сичқонча ёрдамида хато қисмини танланг ва CTRL+ENTER тугмачаларини босинг.

Кўрсатилган ойнада муаммони тавсифланг ва маъмуриятга хабарнома юборинг.

Бошқа хабарлар

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг фермерларга
Долзарб мавзу / Jamiyat

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг ..

ҒАЛЛАНГИЗГА ҚЎШИМЧА ЎҒИТ БЕРИНГ ҲАМДА АГРОТЕХНИК ТАДБИРЛАРНИ ЎЗ ВАҚТИДА ҚЎЛЛАБ, ҒАЛЛАДАН...

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI
Siyosat / Jamiyat

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI ..

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING Q A R O R I Kattaqo‘rg‘on tumanining...

Изоҳ қолдириш

Оммабоп янгиликлар

image

Мақолалар архиви

Январь 2026 (3)
Декабрь 2025 (8)
Ноябрь 2025 (5)
Октябрь 2025 (1)
Сентябрь 2025 (11)
Август 2025 (9)

Календарь

«    Январь 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 
image

Сайтимизнинг янги кўриниши сизга ёқдими?