kathaq@mail.ru

OBODLIK YO‘LIDA


      Bugun O‘zbekiston Respublikasi Vazirligidan hududlardagi muammolarni o‘rganish, ularga yechim topish va bartaraf qilish maqsadida senator Ma’rufova Gulnora Mahmudovna, qurilish ishlari bo‘yicha tuman hokimi o‘rinbosari Lutfulla Rahmonov, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha tuman hokimi o‘rinbosari Sayyora Jumayeva Jizmonsoy mahallasiga tashrif buyurdi. 
    Mehmonlar dastlab mahalladagi 88- va 74- maktablarda olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.
    Ichki yo‘llarning va elektr tarmoqlarining ahvoli bilan qiziqdi. O‘rganish jarayonida 3,5 km tarmoq yo‘li, mahallalarni bog‘lavchi 10,5 km, jami 14 km asfalt yotqizilishi lozimligini, elektr ta’minotini yaxshilash uchun 5 ta transfarmator o‘rnatilib, 70 ta simyog‘och yangilanish kerakligini aniqladi. 
     Ushbu muammolarni bartaraf qilishda ko‘mak berishini aytib, tegishli maslahatlar berdi. 
    Senator Gulnora Mahmudovna mahalla yettiligi xodimlari bilan suhbatlashib, aholining ish bilan bandligini o‘rgandi. Ayniqsa, xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilishi lozimligini uqtirdi. 
    Gulnora Mahmudovna mahalla raisi va maktab direktorlari bilan suhbatlashar ekan, ushbu hududda yashayotgan aholining madaniyati va ma’naviyati quvonarli darajada ekanligni his qilganligini aytdi. 
Qishloqlarimizda mehr-oqibat, o‘zbekona xususiyatlar saqlanib turganligini ta’kidladi. 
    Jizmonsoyning ko‘rkam va bahavo joy ekanligidan xursand bo‘lib, bu mahallaga yana bir bor tashrif buyurishini bildirdi.


O‘tkir USMONOV.
Хато топдингизми?

Сичқонча ёрдамида хато қисмини танланг ва CTRL+ENTER тугмачаларини босинг.

Кўрсатилган ойнада муаммони тавсифланг ва маъмуриятга хабарнома юборинг.

Бошқа хабарлар

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг фермерларга
Долзарб мавзу / Jamiyat

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг ..

ҒАЛЛАНГИЗГА ҚЎШИМЧА ЎҒИТ БЕРИНГ ҲАМДА АГРОТЕХНИК ТАДБИРЛАРНИ ЎЗ ВАҚТИДА ҚЎЛЛАБ, ҒАЛЛАДАН...

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI
Siyosat / Jamiyat

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI ..

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING Q A R O R I Kattaqo‘rg‘on tumanining...

Изоҳ қолдириш

Оммабоп янгиликлар

image

Мақолалар архиви

Январь 2026 (3)
Декабрь 2025 (8)
Ноябрь 2025 (5)
Октябрь 2025 (1)
Сентябрь 2025 (11)
Август 2025 (9)

Календарь

«    Февраль 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425262728 
image

Сайтимизнинг янги кўриниши сизга ёқдими?