Ularni ish bilan band qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-martdagi “Xotin-qizlarning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-122-son Qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tumanida ishsiz xotin-qizlar ehtiyoji va imkoniyatlari aniqlandi. “Xonadonbay” o‘rganish orqali vaqtinchalik ishsiz xotin-qizlar ro‘yxatga olinib, xotin-qizlar.uz platformasiga kiritilgan.
Tumanda xotin-qizlarning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan kelgusida amalga oshiriladigan ishlar belgilab olingan. Unga ko‘ra 2024–2025-yillarda ish bilan band bo‘lmagan 3462 nafar xotin-qizlar, shundan joriy yilda 1304 nafari kasb-hunar va tadbirkorlik sohasida o‘qitish, 789 nafariga kasb-hunar o‘rgatish, xususan, parrandachilik, hunarmandchilik, issiqxona, tikuvchilik, xizmat ko‘rsatish, asalarichilik va boshqa turdagi, 515 ta xotin-qizlar tadbirkorlikka o‘qitish nazarda tutilgan.
Dastur ijrosini ta’minlash yuzasidan joriy yilda tumanda 2962 nafar xotin-qizlarni doimiy ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan. Jumladan, 370 nafar yangi yaratilgan ish o‘rinlariga, 250 nafar haq to‘lanadigan jamoat ishlariga joylashtirish, 253 nafar bandlikni rag‘batlantirish markazi tomonidan, 147 nafar imtiyozli kreditlar ajratish, 495 nafar o‘zini-o‘zi band qilish, 23 nafar uzoq muddatga yer berish, 120 nafar hunarmandlar uyushmasiga a’zo bo‘lish , 789 nafar kasb-hunarga, 515 nafar tadbirkorlikka o‘qitish orqali bandligi ta’minlanadi.
Yulduz Samatova.
✅ @Kattaqurgon_kechavabugun



