kathaq@mail.ru

"O‘zbektelekom" AK Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limida press-tur tashkil etildi


“Kattaqo‘rg‘on: kecha va bugun” gazetasi ijodiy xodimlari va blogerlar ishtirokida "O‘zbektelekom" AK Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limida press-tur tashkil etildi. Unda, korxona faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Dastlab ishtirokchilar korxonada yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.  Aholining internet tarmog‘laridan erkin va tezkorlik bilan foydalanish maqsadida O‘zbektelekom AK tomonidan aholiga bir qator engilliklar yaratilgan. Fuqarolar internet tarmog‘iga endigina ulanmoqchi bo‘lgan taqdirda kompaniyaning 1090  qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilish orqali murojaat qilishi mumkin. Unda 1 ish kun ichida aholining internet tarmog‘iga ulanish bo‘yicha texnik imkoniyatlari o‘rganiladi va internet tarmog‘iga ulash bo‘yicha ishlar boshlab yuboriladi. Bundan tashqari aholiga qulaylik yaratish maqsadida hozirgi kunda yangi ulanilayotgan abonentlar uchun ma’lum shartlar asosida modem qurilmasi va 100 metrgacha optik tolali aloqa kabeli bepul beriladi. Bundan tashqari internet tariflari nafaqat yuqori tezlikdagi internet xizmatlarini balki bepul IP telefonoya va IPTV xizmatlarini ham o‘z ichiga oladi. Agarda telekommunikatsiya tarmog‘ida uzilishlar yuzaga kelgan taqdirda internet bo‘yicha 1084 qisqa raqamiga va telefoniya bo‘yicha 1086 qisqa raqamlariga va ishonch raqamiga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin. Murojaat qoldirgandan so‘ng 1 ish kuni davomida yuzaga kelgan uzilishlar bartaraf etiladi. 
“Bog‘lama binosida tashkil etilgan savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarida tarmoqqa faol ulanish tadbiri doirasida yangi ulanish bo‘yicha ishlar samarali tashkil etilgan bo‘lib har hafta savdo va xizmat ko‘rsatish ofislari xodimlari mahalla markazlariga aholi yashash markazlariga, ko‘p qavatli uylarga tashrif buyurgan holda aholiga xizmat ko‘rsatib kelmoqda”– deydi korxona rahbari Jamshid Bo‘ronov.


O‘tkir Usmonov.
Хато топдингизми?

Сичқонча ёрдамида хато қисмини танланг ва CTRL+ENTER тугмачаларини босинг.

Кўрсатилган ойнада муаммони тавсифланг ва маъмуриятга хабарнома юборинг.

Бошқа хабарлар

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг фермерларга
Долзарб мавзу / Jamiyat

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг ..

ҒАЛЛАНГИЗГА ҚЎШИМЧА ЎҒИТ БЕРИНГ ҲАМДА АГРОТЕХНИК ТАДБИРЛАРНИ ЎЗ ВАҚТИДА ҚЎЛЛАБ, ҒАЛЛАДАН...

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI
Siyosat / Jamiyat

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI ..

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING Q A R O R I Kattaqo‘rg‘on tumanining...

Изоҳ қолдириш

Оммабоп янгиликлар

image

Мақолалар архиви

Январь 2026 (3)
Декабрь 2025 (8)
Ноябрь 2025 (5)
Октябрь 2025 (1)
Сентябрь 2025 (11)
Август 2025 (9)

Календарь

«    Январь 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 
image

Сайтимизнинг янги кўриниши сизга ёқдими?