
Bugun Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi Jamshid Nasriddinov tuman prokurori Shuhrat Xolmurzayev, mutasaddilar bilan tumandan o‘tuvchi xalqaro M-37 yo‘li bo‘yida joylashgan aholi uylari, ijtimoiy soha obyektlari, tadbirkorlik subyektlarini ko‘zdan kechirdi.

Mutaxassislarni jalb etgan holda joyida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida yo‘l yoqasida noqonuniy qurilayotgan qurilishlar, eskirib ketgan pannolar, sug‘orilmay qolgan daraxtlar, qarovsiz qoldirilgan yer maydoni, tabiatga zarar yetkazilganligi, obodonlashtirilmagan xonadonlar ma’lum bo‘ldi.
“Mahalla yettiligi”, mas’ullarga tuman hokimi bir haftada yo‘l quyilgan kamchiliklarni bartaraf etish, berilgan topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash shart ekanligini aytdi.


O‘tkir Usmonov.



