kathaq@mail.ru

XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHINING 101-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Kecha, tuman hokimligining majlislar zalida xalq deputatlari tuman Kengashining 101-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda, sektor rahbarlari aholi bandligini ta’minlash, kam ta’minlangan oilalarni kambag‘allik darajasidan chiqarish, uzoq muddatga chiqib ketgan fuqarolar bilan ishlash, “Sayxunobod” tajribasini joriy etish, aholi kayfiyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni bartaraf etish, “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish va ularning mas’uliyatini oshirish to‘g‘risidahisobot berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2024-yil 14-maydagi 16-879-sonli topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, Kattaqo‘rg‘on tumanida 2024 yilda aholi bandligini ta’minlash, kam ta’minlangan oilalarni kambag‘allik darajasidan chiqarish, doimiy yashash manzillaridan uzoq muddatga chiqib ketgan fuqarolar bilan ishlash, “Sayxunobod tajribasi”ni joriy etish, aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni bartaraf etish, mahalla yettiligi faoliyatini samarali tashkil etish va ularning mas’uliyatini oshirish hamda aholi murojaatlari nisbatan ko‘p bo‘lgan tashkilotlar rahbarlari hamda “mahalla yettiliklari”ning zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosi va ular tomonidan murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan tuman hokimi, 1-sektor rahbari hisoboti
Assalomu alaykum hurmatli deputatlar!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi topshirig‘i bilan (2024-yil 14-maydagi 16-879-sonli) Davlatimiz Rahbari tomonidan Xalq deputatlari shahar-tuman Kengashlari sessiyalarida Sektor rahbarlarining joriy yil I chorakda amalga oshirgan ishlar yuzasidan hisobotlarini eshitib, muhokama qilish belgilangan.
Ruxsatingiz bilan 1-sektor hududida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berib o‘tmoqchiman. 
Kattaqo‘rg‘on tumanida 69 ta mahalla bo‘lsa, shundan 15 tasi 1-sektor hududiga to‘g‘ri keladi.
Sektor hududida 12 ming 972 ta xonadon mavjud bo‘lib, ularda 15 ming 745 ta oila, 60 ming 585 nafar fuqarolar istiqomat qiladi.
(Tuman bo‘yicha 54 ming.xonadon, 66 ming.oila, 294 ming.nafar aholi).
Eng asosiy vazifalarimizdan biri aholi bandligini ta’minlash hisoblanadi. Shuning uchun bu yo‘nalishda yil boshidan aniq hisob-kitob va rejalarni belgilab olganmiz.
1-sektordagi mehnat resursi 58 ming nafarni tashkil qilib, shundan iqtisodiy faol aholi 22,8 ming nafarni, band aholi 21 ming nafarni, mehnat bozoriga kirib keluvchilar 1 ming 700 nafarni, ishsizlar esa 1 ming 686 nafari tashkil qiladi.
(Tuman bo‘yicha:  MR- 147,7 ming, IF- 12,5 ming, BA- 105 ming, Ishsiz- 7,4 ming).
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha 2024-yil uchun 
1-sektorning har bir mahallasi kesimida 5 ming 114 nafar fuqarolar bandligini ta’minlashni oyma-oy reja qilib olganmiz. 
Jumladan:
- xizmatlar sohasida 1 ming 969 nafar; 
- investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga 295 nafar;
- qurilish va qishloq xo‘jaligi sohasida 2 ming 850 nafar fuqarolarning bandligini ta’minlash rejalashtirilgan.
Yillik rejadan kelib chiqib, I chorakda 575 nafar fuqarolar bandligini ta’minlash belgilangan bo‘lsa, amalda 832 nafar fuqarolarimiz bandligi ta’minlandi.
Xususan, aprel oyida 452 nafar fuqarolar bandligini ta’minlash rejalashtirilgan holda 472 nafar fuqarolar bandligi ta’minlandi.
Hurmatli deputatlar, aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha alohida nazorat tizimini o‘rnatganmiz va har bir mahalla kesimida tahlil qilinib, ijrosi doimiy nazorat qilib borilmoqda.
may,  iyun,   iyul,  avgust,  sentabr,   oktabr,  noyabr,  dekabr
585 nafar  724 nafar   700 nafar  638 nafar  542 nafar   379 nafar  260 nafar  277 nafar
Yil boshidagi rejaga ko‘ra, 1-sektor bo‘yicha fuqarolardan eng ko‘p bandligini ta’minlashimiz lozim bo‘lgan mahallalar Mundiyon (63/91), Mo‘minxo‘ja (46/67), Kattaming (45/66) Yangiobod (45/65), Valijon (43/62) mahallari hisobga olingan edi. 
O‘tgan davrda ushbu mahallar bo‘yicha belgilangan rejadan ko‘proq fuqarolar bandligi ta’minlandi.
Hurmatli deputatlar, ruxsatingiz bilan ikkinchi yo‘nalishga to‘xtalib o‘tsam.
Og‘ir ahvolga tushib qolgan va og‘ir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar va oilalarni aniqlash, ularning ehtiyojlariga qarab kompleks yondashuvlar asosida professional ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish;
Tadbirkorlarga soliq xizmatlarini ko‘rsatish, soliq bazasini kengaytirish, soliqlarni undirish va mahalla budjetini shakllantirish;
Mamlakat tashqarisiga ishlash, o‘qish va boshqa maqsadlarda ketgan fuqarolar bilan doimiy muloqotlar o‘tkazish, ularning oilalari holidan xabar olish bo‘yicha hamda boshqa muhim masalalar doimiy nazorat ostida amalga oshirilib kelinmoqda.
Yuqoridagi masalalar yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan haftada kamida bir marotaba sektor rahbarlari ishtirokida tahliliy muhokamalar o‘tkazib borilmoqda.   
Hurmatli deputatlar, ruxsatingiz bilan yettinchi yo‘nalishga to‘xtalib o‘tsam.
 Aholi murojaatlari nisbatan ko‘p bo‘lgan tashkilotlar rahbarlari hamda “mahalla yettiliklari”ning zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosi va ular tomonidan murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish.
Aholi tomonidan ko‘p marotaba yo‘llanayotgan murojaatlar, elektr ta’minoti, gaz ta’minoti, suvoqova xizmati, tibbiy-ijtimoiy xizmatlar va boshqa masalalar bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlari bilan fuqarolar murojaatlariga javob berilishi yuzasidan har haftada ikki marotaba tanqidiy muhokamalar o‘tkazib borilmoqda.
Tashkilot rahbarlari grafik asosida mahallalarda sayyor uchrashuvlar, o‘tkazib kelinmoqda.
Mahalla raisi, hokim yordamchisi, mahalladagi ijtimoiy xodim, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori va soliq inspektoridan iborat “mahalla yettiligi” tomonidan boshlang‘ich bo‘g‘in sifatida mahallaning o‘zida fuqarolarning muammolarini tegishliligi bo‘yicha sektor rahbarlari hamda tashkilot rahbarlari bilan birgalikda mahallaning o‘zida bartaraf etish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Bu boradagi ishlar doimiy nazorat ostida amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari bugungi kunda yangi faoliyatini “INSON” ijtimoiy xizmati markazi ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri aholi murojaatlarini ijobiy hal etishda o‘zining katta hissasini ko‘rsatmoqda.
Kam ta’minlangan oilalarni kambag‘allik darajasidan chiqarish.
Barchamizga ma’lum Davlat rahbarimiz tashabbusi bilan mahallalarda hokim yordamchilari faoliyati yo‘lga qo‘yilishi bilan, eng asosiy vazifa qilib kam daromadli, kambag‘al oilalarni aniqlab, ularni daromad manbai bilan ta’minlash chorasini ko‘rish topshirig‘i berilgan.
Shunga ko‘ra, tumanda barcha xonadonlar xatlovdan o‘tkazildi. 
Tijorat banklari, Mahallalardagi hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli va yoshlar yetakchilari bilan birgalikda 372 ta oilani kambag‘allikdan chiqarish, daromadlarini oshirish borasida ishlarni tashkil qilib, tahliliy o‘rganishlar o‘tkazib bormoqdamiz.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, 1-sektorda kambag‘allik darajasi 9,2 foizni tashkil etadi.
yil yakuniga qadar bu ko‘rsatkichni 5,7 foizga tushirishni reja qilib olganmiz.
Buning uchun, eng avvalo aholini daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlashimiz kerak.
Ayniqsa, bu ishlarni tashkil etishda 15 ta mahalladagi “yettilik” hissasi katta bo‘lmoqda.
Ular uyma-uy yurib, aholining mavjud tomorqa yer maydonidan samarali foydalanish, ishga joylashish, tadbirkorlikni boshlash, kasb-hunarga o‘qish kabi hohish istaklarini aniqlab, shu asosida ishlarini tashkil etmoqda. 
Hurmatli deputatlar, ruxsatingiz bilan uchinchi yo‘nalishga to‘xtlib o‘tsam.
Doimiy yashash manzillaridan uzoq muddatga chiqib ketgan fuqarolar bilan ishlash.
Bugungi kunda 1-sektor hududida mamlakatimizdan tashqariga daromad olish, o‘qish, davolanish va boshqa maqsadlarda chiqib ketgan 2 ming 498 nafar fuqarolar, shundan, erkaklar 1 ming 889 nafar, ayollar 609 nafar, voyaga yetmagan shaxslar 112 nafarni tashkil qilmoqda. 
Jumladan, davlatlar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak;
- 2 ming 10 nafar Rossiya davlatiga;
- 57 nafar Turkiya davlatiga;
- 13 nafar AQSH davlatiga;
- 261 nafar Qozog‘iston davlatiga;
- 11 nafar Janubiy Koreya davlatiga;
- 146 nafar boshqa davlatlarga ketgan. 
Migrantlar bilan doimiy ishlash, ularning ishlash va yashash sharoitlari, doimiy daromad manbai borligi va o‘zlarini qiynayotgan muammolar bilan mahalla kesimida doimiy ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Bugungi kunda “mahalla yettiligi” bilan birgalikda migratsiyada yurgan fuqarolar xatlov qilib chiqilmoqda. Hozirda 1 ming 443 nafar fuqarolar xatlovdan o‘tkazildi.
Migratsiyadan qaytgan fuqarolar bilan aholida ishlar olib borilib, “mahalla yettiligi” bilan birgalikda doimiy daromad manbai bor yo‘qligi, ish bilan ta’minlash borasida ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Ko‘pchilikni xabari bor Davlatimiz rahbari tomonidan migratsiyada yurgan oyiga 1000 dollardan kam daromad topayotgan fuqarolarni vatanga qaytarish choralarni ko‘rish haqida topshiriq berilgan.
Xatlov yakuni bilan bunday toifadagi fuqarolarimizni aniqlab, har biri bilan manzilli ishlash choralari ko‘riladi.
Hurmatli deputatlar, ruxsatingiz bilan to‘rtinchi yo‘nalishga to‘xtalib o‘tsam.
“Sayxunobod tajribasi”ni joriy etish. Davlatimiz Rahbarining joriy yilda Sayxunobod tumani misolida banklar va iqtisodiy kompleks xodimlarini biriktirib, aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirish, hududni ishsizlikdan holi hududga aylantirish bo‘yicha eng muhim va ustuvor vazifalarni belgilab berildi.
Sayxunobod misolida berilgan topshiriq va vazifalardan kelib chiqib birinchi galdagi va kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni o‘z oldimizga belgilab olganmiz.
1-sektorga 2 ta bank filiallari (Agro bank– 9 ta mahalla, Xalq bank – 6 ta mahalla, va iqtisodiy komplekslar o‘zlari biriktirilgan 15 ta mahallalarda aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni olib bormoqda, jumladan banklar tomonidan bugungi kunga qadar tijorat banklari tomonidan bugungi kunga qadar quyidagi ishlar amalga oshirildi:
a) sektordagi 15 ta mahalladan tanlab olingan (5-7 ta xonadon) oylik daromadi 1,0 mln so‘mdan kam 100 ta xonadonlarning 286 nafari bandligi ta’minlandi.
Jumladan,
- PQ-306-sonli (100-150 mln so‘mgacha) “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institusional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida 33 nafariga 2,7 mlrd so‘m;
- PQ-7-sonli (5-17 mln so‘mgacha) “2024-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi to‘g‘risida”gi qarori asosida 9 nafariga 0,4 mlrd so‘m;
- PQ-39-sonli (33 mln so‘mgacha) “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida 244 nafariga 4,1 mlrd so‘m kredit mablag‘lari ajratildi va bular aholini bandligini ta’minlash va daromad manbaini topishga xizmat qilmoqda.
Sektordagi 11 ta xonadonga parrandachilik yo‘nalishida, 9 ta xonadonga issiqxona yo‘nalishida 29 ta xonadonga, chorvachilik yo‘nalishida 10 ta xonadonga, xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida 10 ta xonadonga motoroler sotib olish, 3 ta xonadonga asalarichilik yo‘nalishida, 6 ta xonadonga tikuv yo‘nalishida, 16 ta xonadonga qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida (motokultuvator) jami 100 ta xonadonga 1 mlrd 722 mln so‘m imtiyozli kreditlar ajratilib shaxsiy tomorqasida daromad manbai yaratishga erishildi. 
Topshiriqqa asosan, tijorat banklarining 56 ta mijozlari bilan 3 ta uchrashuvlar o‘tkazilib, ular tomonidan 20 ta masalalar ko‘tarildi, shundan, 20 tasi ijobiy hal etildi.
Tijorat banklari bilan bog‘liq 17 ta masalalarni hal etilishi natijasida tadbirkorlarga jami 26 ta yangi ish o‘rinlari yaratish kelishib olindi.
Hurmatli deputatlar, ruxsatingiz bilan beshinchi yo‘nalishga to‘xtalib o‘tsam.
Aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni bartaraf etish.  
Tumanimizda aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir o‘tkazuvchi omillarni bartaraf etish bo‘yicha mahallabay ishlar tashkil qilingan. 
Aholi kayfiyatiga ta’sir qiluvchi asosiy omillardan biri elektr ta’minoti, suvoqova xizmati, gaz ta’minoti sohalari hisoblanmoqda.
Xususan, joriy yilda quyidagi ishlar amalga oshirildi.
“Samarqand suv ta’minoti” AJ Kattaqo‘rg‘on tuman filiali tomonidan Kattaming, Nayman mahallalaridagi  ichimlik suvi ta’minotidagi nosozlik bartaraf etildi.
Yangiobod mahallasidagi suv nasosi yangilandi.
Kattaming mahallalaridagi suv inshootlari ta’mirlandi. 
“Kattaqo‘rg‘ontumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan 19 dona gaz taqsimlash qutilari texnik ko‘rikdan o‘tkazildi.
Vayrot, Yovi mahallalarda 2,1 km uzunlikda turli diametrdagi gaz quvurlari qayta ta’mirlandi va bo‘yoqlandi.
Tabiiy gaz ta’minotida bo‘lmagan hamda gazlashmagan aholi xonadonlariga 16 dona maishiy gaz ballonlar tarqatildi.
“Qoradaryo” elektr ta’minoti korxonasi tomonidan 
“Kattaming”, “Qo‘shtepa”, “Valijon”, “Mundiyon” MFY hududidagi 517, 573, 550, 543, 937 -transformator punktlari mukammal va joriy ta’mirlandi.
VI. “Mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish va ularning mas’uliyatini oshirish yo‘nalishlariga e’tibor qaratish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 
21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-209-sonli qarori bilan mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori va soliq inspektoridan iborat “mahalla yettiligi” faoliyati tashkil qilindi.
1-sektordagi 15 ta mahallada mahalla raisi, hokim yordamchisi, profilaktika inspektori, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faollari faoliyat olib borayotgan edi. Joriy yilning boshidan 5 nafar soliq inspektori va 4 nafar ijtimoiy xizmat xodimlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
“Mahalla yettiligi” joylarda quyidagi asosiy vazifalar bilan shug‘ullanib kelmoqda.
Mahalla obodonligi ta’minlash, shu jumladan “Obod mahalla”, “Obod ko‘cha”, “Obod xonadon” mezonlarini joriy etishda aholining faol ishtiroki va mas’uliyatini oshirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi daraxt va ko‘chatlar ekishni tashkil qilish;
Doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan ishsiz aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish hamda bandligini ta’minlash;
Mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish;
“Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” tamoyillarini targ‘ib qilish;
Mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash va xavfsiz muhitini ta’minlash;
Og‘ir ahvolga tushib qolgan va og‘ir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar va oilalarni aniqlash, ularning ehtiyojlariga qarab kompleks yondashuvlar asosida professional ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish;
Tadbirkorlarga soliq xizmatlarini ko‘rsatish, soliq bazasini kengaytirish, soliqlarni undirish va mahalla budjetini shakllantirish;
Mamlakat tashqarisiga ishlash, o‘qish va boshqa maqsadlarda ketgan fuqarolar bilan doimiy muloqotlar o‘tkazish, ularning oilalari holidan xabar olish bo‘yicha hamda boshqa muhim masalalar doimiy nazorat ostida amalga oshirilib kelinmoqda.
Yuqoridagi masalalar yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan haftada kamida bir marotaba sektor rahbarlari ishtirokida tahliliy muhokamalar o‘tkazib borilmoqda.   
Hurmatli deputatlar, ruxsatingiz bilan yettinchi yo‘nalishga to‘xtalib o‘tsam.
Aholi murojaatlari nisbatan ko‘p bo‘lgan tashkilotlar rahbarlari hamda “mahalla yettiliklari”ning zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosi va ular tomonidan murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish.
Aholi tomonidan ko‘p marotaba yo‘llanayotgan murojaatlar, elektr ta’minoti, gaz ta’minoti, suvoqova xizmati, tibbiy-ijtimoiy xizmatlar va boshqa masalalar bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlari bilan fuqarolar murojaatlariga javob berilishi yuzasidan har haftada ikki marotaba tanqidiy muhokamalar o‘tkazib borilmoqda.
Tashkilot rahbarlari grafik asosida mahallalarda sayyor uchrashuvlar, o‘tkazib kelinmoqda.
Mahalla raisi, hokim yordamchisi, mahalladagi ijtimoiy xodim, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori va soliq inspektoridan iborat “mahalla yettiligi” tomonidan boshlang‘ich bo‘g‘in sifatida mahallaning o‘zida fuqarolarning muammolarini tegishliligi bo‘yicha sektor rahbarlari hamda tashkilot rahbarlari bilan birgalikda mahallaning o‘zida bartaraf etish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Bu boradagi ishlar doimiy nazorat ostida amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari bugungi kunda yangi faoliyatini “INSON” ijtimoiy xizmati markazi ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri aholi murojaatlarini ijobiy hal etishda o‘zining katta hissasini ko‘rsatmoqda.


Tuman hokimi, 1-sektor rahbari  J.Nasriddinov
Хато топдингизми?

Сичқонча ёрдамида хато қисмини танланг ва CTRL+ENTER тугмачаларини босинг.

Кўрсатилган ойнада муаммони тавсифланг ва маъмуриятга хабарнома юборинг.

Бошқа хабарлар

Navbatdagi sessiya chaqirilmoqda: unda qanday masalalar ko‘riladi?
Siyosat / Jamiyat

Navbatdagi sessiya chaqirilmoqda: unda qanday masalalar ..

Navbatdagi sessiya chaqirilmoqda: unda qanday masalalar ko‘riladi?...

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI
Siyosat / Jamiyat

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI ..

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING Q A R O R I 2026-yilda Kattaqo‘rg‘on...

Изоҳ қолдириш

Оммабоп янгиликлар

image

Мақолалар архиви

Февраль 2026 (1)
Январь 2026 (3)
Декабрь 2025 (8)
Ноябрь 2025 (5)
Октябрь 2025 (1)
Сентябрь 2025 (11)

Календарь

«    Февраль 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425262728 
image

Сайтимизнинг янги кўриниши сизга ёқдими?