kathaq@mail.ru

MOBIL TELEFONLARNING SALOMATLIKKA SALBIY TA’SIRI


Mobil telefondan chiqayotgan nur inson miya hujayralariga jiddiy ta’sir qilib, uni turli xavfli kasalliklarga duchor etadi. Ammo bugungi kunda telefon yoshlarimiz, o‘smirlarimiz hayotidagi muhim bir vositalardan biriga aylangan. Ko‘cha-ko‘yda yigit-qizlarning qo‘lidan telefon tushmaydi. Ba’zan katta yoshli insonlar ham telefonda soatlab gaplashishadi. 

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, bolalar uchun xatari kuchli. Bolaning bosh miyasi elektromagnit energiyalarini kattalarga qaraganda ko‘proq yutadi va kuchli ta’sirlanada. Ularning aqliy rivojlanishi uchun mas’ul hisoblangan bosh miya bo‘lmachalari ham elektromagnit to‘lqinlari ta’siridan jiddiy zarar ko‘radi. Mobil telefonidan foydalanuvchi bolalar, insoniyat tarixida birinchi marta, radioto‘lqinli diapazondagi elektromagnit  maydonining zararli ta’siridagi “xatarli guruh”ga kiritilmoqda.  Bolalarga imkon qadar “mobil telefonlar”ni bermaslik kerak. So‘nggi paytlarda yosh onalar bolalariga multfilmlar va rasmlarni  tomosha qilishlari uchun uyali telefonlarni soatlab berib qo‘yib ularni yupatyaptilar. Bu bilan o‘z farzandlarining o‘sib kelayotgan yosh organizmning nurlanishiga yo‘l qo‘yaptilar va miya faoliyatining asta-sekin buzilishiga moyilligi tug‘ilishiga sababchi bo‘lyaptilar  bu holat doimiy takrorlanadigan bo‘lsa bolalar yoshligidan injiq, yig‘loqi, uyqusi notinch va  baqiroq bo‘lib qoladilar. Katta bo‘lgan  sayin esa, tez charchaydigan,  immun tizimi zaiflashib tez-tez shamollaydigan va ko‘zning ko‘rish qobiliyati pasayishi kuzatiladi. Ayniqsa, maktab yoshidagi  bolalar darslarda diqqat- e’tiborni jamlashga qiynalib va darslarni o‘zlashitirish darajasi pasayadi. Bora-bora o‘smirlik davrida uyali telefonga mukkasidan ketib, asabiy,  tajang va tezda charchab qolish holatlari kuzatiladi, bu esa o‘sib rivojlanayotgan yosh organizm uchun  kasalliklarga moyillik holatini keltirib chiqaradi
Inson tanasining elektromagnit nurlanishlarga eng ta’sirchan qismi bosh bo‘lib, aynan shu sohada so‘zlashuv olib boriladi. Shuning uchun u insonda nurlanish jarayoni tezlashishini yana ham orttiradi. Mutaxassislar so‘zlashuv jarayonidagi insonning qon bosimini o‘lchaganida har xil yoshdagilarda arterial qon bosimi ko‘tarilishi aniqlangan.    
2000-yilda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti uyali telefonlar zarariga oid Yevropa parlamentiga taqdim etgan hisobotida insonlarning saraton kasaliga chalinishida uyali telefonlarning ta’siri kuchli ekanini ta’kidlagan edi.     
Nurlanish asosan uyali telefondan so‘zlashuv vaqtida chiqadi, lekin «kutish» holatida u nurlanishdan butkul xalos bo‘lmaydi, chunki uyali telefon baza stansiyasiga o‘zining tarmoq doirasida ekanligi, qo‘ng‘iroq, SMS va shu kabi ma’lumotlarni qabul qilishga tayyorligi haqida axborot berib turadi. Buni tunda uyali telefoniga «budilnik» qo‘yib, yonida olib yotadigan foydalanuvchilar bilib qo‘yishlari lozim. Agar SMSlar yuborish orqali muloqot o‘rnatilsa bu zararsiz. Gudoklar eshitilib, abonent bilan bog‘lanish jarayonida uyali telefonni  quloqqa tutmaslik lozim. Negaki, ayni shu paytda kuchli nurlanish tarqaladi. Uxlayotganda esa telefonni hech qachon yonida qo‘ymaslik lozim. Uni kam deganda  1,5 metr nariga qo‘yish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Gaplashayotganda telefon boshga yaqin turmasligi uchun quloqqa taqiladigan eshitgich yoki simsiz jihozlardan foydalaning.   
Elektromagnit to‘lqinlari hamisha salomatlik uchun zararlidir. Agar u to‘g‘ridan-to‘g‘ri har kuni quloqqa yo‘naltirib turilsa, uning ichkarisidagi eshitish hamda ko‘rish a’zolari (ko‘z to‘rpardasi) faoliyatini ta’min etadigan murakkab asab to‘qimalariga ta’sir ko‘rsatib boradi. Ba’zi odamlar goho kuniga soatlab mobil telefonini quloqlaridan olishmaydi. Bu organizm uchun nihoyatda og‘irlik qiladigan zararli yukdir.
Har kuni atigi 15 daqiqa mobil telefonda gaplashishning o‘zi miyada saraton o‘smasi hosil bo‘lishi uchun yetarlidir. 
 Bu kabi elektromagnit nurlanish hosil qiladigan vositalardan foydalanishni mo‘tadil holatga keltirib olsak, o‘zimiz hamda naslimiz sog‘ligini asragan bo‘lamiz.

Bodom QULMATOVA,   
Tuman tibbiyot birlashmasi 
shifokori.  
             

Хато топдингизми?

Сичқонча ёрдамида хато қисмини танланг ва CTRL+ENTER тугмачаларини босинг.

Кўрсатилган ойнада муаммони тавсифланг ва маъмуриятга хабарнома юборинг.

Бошқа хабарлар

Navbatdagi sessiya chaqirilmoqda: unda qanday masalalar ko‘riladi?
Siyosat / Jamiyat

Navbatdagi sessiya chaqirilmoqda: unda qanday masalalar ..

Navbatdagi sessiya chaqirilmoqda: unda qanday masalalar ko‘riladi?...

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI
Siyosat / Jamiyat

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI ..

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING Q A R O R I 2026-yilda Kattaqo‘rg‘on...

Изоҳ қолдириш

Оммабоп янгиликлар

image

Мақолалар архиви

Февраль 2026 (1)
Январь 2026 (3)
Декабрь 2025 (8)
Ноябрь 2025 (5)
Октябрь 2025 (1)
Сентябрь 2025 (11)

Календарь

«    Февраль 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425262728 
image

Сайтимизнинг янги кўриниши сизга ёқдими?