
Tumanimizdagi “Og‘abek Toxir dalasi” fermer xo‘jaligida ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi. Unda, fermer va dehqon xo‘jaliklari vakillari bilan birgalikda har bir g‘alla maydonining fitosanitar holatini o‘rganish. Hudud va xo‘jaliklar kesimida talab etiladigan kimyoviy vositalar qoldig‘ini aniqlash hamda mavjud yetishmovchilik holatlarini hal etish. Dalalarda va ularning chetlarida begona o‘tlar o‘sishiga qarab nazoratini olib borish. Bir yillik ikki pallali, ko‘p yillik ikki pallali begona o‘tlar, boshoqli begona o‘tlarning kunlik monitoringini olib borish. G‘allaning asosiy zararkunandalaridan zararli xasvani dala atrofidan qishlovdan chiquvchi yetuk zotlarni aniqlash maqsadida 25x25 sm yoki 50x50 sm yuzada turli chuqurlikda (5-15-25 sm) qazish ishlari o‘tkazish. Zang va boshqa kasallik, begona o‘tlar hamda zararkunandalar o‘rganilgan maydonlarni dala daftarlarida qayd qilib borish hamda keyingi kuzatuv natijalari asosida o‘tkazilishi lozim bo‘lgan agrotexnik yoki kimyoviy ishlov berish choralarini amalga oshirilishi ustidan monitoring yuritish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Seminarda Viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘i Sh. Urazov tuman hokimi o‘rinbosari Q.Tog‘ayev qishloq xo‘jaligi xodimlari, agronomlar va fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.
Tumanda bugungi kunda 8926 gektar maydonda g‘alla parvarishlanmoqda birinchi oziqlantirish ishlari yakuniga yetkazilgan.
G‘anisher Yo‘ldashev.



