kathaq@mail.ru

BIROVGA CHOH QOZISANG...


Sudlanuvchi M.M., 2022-yil 17-may kunidan buyon Kattaqo‘rg‘on tumani Boltabek mahallasi raisi lavozimida ishlab kelib, ushbu mahallada 2018-yildan hozirgi kunga qadar xotin-qizlar faoli lavozimida ishlab kelayotgan N.M. bilan o‘rtalarida kelib chiqqan kelishmovchilik sababli N.M.ning nomiga to‘xtovsiz yolg‘on bo‘htonlar yog‘dirib, uning sha’ni va qadr-qimmatini obro‘sizlantirishga harakat qilib kelgan. 

N.M. haqida 2020-yil mart oyida Boltabek mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro M.A.ga moddiy yordam puli olib berganligi evaziga undan 200.000 so‘m miqdordagi pullarni olganligi haqida yolg‘on xabarlarni tarqatib, ushbu yo‘l bilan N.M.ga tuhmat qilib, uni og‘ir jinoyatda ayblab, g‘araz va past niyatlarda uning sha’ni va qadr qimmatini obro‘sizlantiruvchi 2 minut 52 daqiqalik «Xalq norozi rahbarlardan» nomli videolavhani 2023-yil 27-iyun kuni internet jahon axborot tarmog‘ining «YouTube» tarmog‘iga joylashtirgan. Bundan tashqari, M.M. o‘zining jinoiy hatti-harakatlarini davom ettirib, jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tarqatish yo‘li bilan, 2023-yil 30-iyul kuni o‘ziga tegishli bo‘lgan «Infinix Hot 12 Play» rusumli uyali aloqa vositasidan internet jahon axborot tarmog‘ining «Telegram» messenjeridagi «MUHAMMAD MIRZO» nomli profili orqali jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, qirg‘in solishga, ya’ni fuqarolarni zo‘rlik bilan ko‘chirib yuborishga da’vat etadigan yoxud aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan materiallarni tarqatish maqsadida «Kattaqo‘rg‘on ish oldi sotdi e’lonlar» nomli 5010 guruh a’zosiga ega bo‘lgan guruhga O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tayyorlash va tarqatish taqiqlangan «Abdulloh Zufar» tomonidan tayyorlangan kibr jihod to‘g‘risida diniy mazmundagi ma’ruzasini joylashtirganligi huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan aniqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2023-yil 3-oktabr kungi № IV-140-sonli xulosasiga ko‘ra, tadqiqot qismida ko‘rsatilgan ma’lumotlar turli aqidaparast va terrorchi guruhlarga nisbatan xayrixohlik kayfiyatini uyg‘otishi mumkinligi sababli ularni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tayyorlash va tarqatish taqiqlanganligi ko‘rsatilgan. 
Garchand, sudlanuvchi M.M. sud tergovida aybiga iqrorlik bildirmasdan ko‘rsatuv bergan bo‘lsa-da, uning aybi sudda so‘ralgan jabrlanuvchi va guvohlarning ko‘rsatuvlari, ish hujjatlarida mavjud dalillar sud tergovida tahlil qilinib, o‘qib eshittirilgan inkor qilib bo‘lmaydigan maqbul dalillar yig‘indisi bilan o‘z isbotini topdi va u “aybli” deb topildi. Sudlanuvchi M.M.ga O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan uzil-kesil 3 (uch) yil 8 (sakkiz) oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.


Mamurjon Ruzimurodov, 
Kattaqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi  katta tergovchisi.


Хато топдингизми?

Сичқонча ёрдамида хато қисмини танланг ва CTRL+ENTER тугмачаларини босинг.

Кўрсатилган ойнада муаммони тавсифланг ва маъмуриятга хабарнома юборинг.

Бошқа хабарлар

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг фермерларга
Долзарб мавзу / Jamiyat

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг ..

ҒАЛЛАНГИЗГА ҚЎШИМЧА ЎҒИТ БЕРИНГ ҲАМДА АГРОТЕХНИК ТАДБИРЛАРНИ ЎЗ ВАҚТИДА ҚЎЛЛАБ, ҒАЛЛАДАН...

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI
Siyosat / Jamiyat

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI ..

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING Q A R O R I Kattaqo‘rg‘on tumanining...

Изоҳ қолдириш

Оммабоп янгиликлар

image

Мақолалар архиви

Январь 2026 (3)
Декабрь 2025 (8)
Ноябрь 2025 (5)
Октябрь 2025 (1)
Сентябрь 2025 (11)
Август 2025 (9)

Календарь

«    Февраль 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425262728 
image

Сайтимизнинг янги кўриниши сизга ёқдими?