
Respublikamizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi tumanimizda ham o‘tkazilayotgan "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" huquqiy aksiyasi doirasida bir qator shaxslar tegishli hujjatlarga ega emasligi aniqlandi.
Jumladan, tuman FHDYO bo‘limi tomonidan tumandagi Andoqsoy mahalla fuqarolar yig‘inida yolg‘iz yashovchi, 1938-yilda tug‘ilgan Oydin momo Tursunovaning bugunga qadar hech qanday shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo‘lmagani bois qarilik nafaqasi berish ham to‘xtatib qo‘yilganligi aniqlandi. Bu muammoni bartaraf etish maqsadida O.Tursunovaga oid hujjatlar to‘planib, unga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma rasmiylashtirilib berildi. Shuningdek, 1978-yilda tug‘ilgan Azmiddin Ergashevning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuvi mavjud emasligi sababli Samarqand tumanlararo ma’muriy sudi tomonidan tiklanganlik qarori asosida uning guvohnomasi qayd etildi.
Saroyqo‘rg‘on mahallasida yashovchi fuqaro T.Toshpo‘latovaning qizi Tabassumning tug‘ilganlik guvohnomasi bo‘lmaganligi sababli unga tegishli yordam ko‘rsatilib, Tabassum Toshpo‘latovaning tug‘ilishi qayd etildi va guvohnoma topshirildi. Shu tarzda Yangiravot mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Dilafro‘z Turdiyevaning 2022-yilda tug‘ilgan qizi Imonaga ham tegishli tartibda tug‘ilganlik guvohnomasi rasmiylashtirilib topshirildi.
Bundan tashqari, bo‘limimiz tomonidan o‘lim holati rasmiylashtirilmasdan qolgan 14 ta holat bo‘yicha o‘rganish olib borilib, o‘lim holatini qayd etish bo‘yicha hujjatlar qayd etildi. O‘tkazilayotgan aksiya davomida 30 dan ziyod guvohnomasi yo‘qolgan fuqarolarimizga ham takroriy guvohnomalar rasmiylashtirilib berildi.
O‘tkazilayotgan Aksiya 2024-yilning 20-mart kuniga qadar davom etadi.
Asilbek ISOQULOV,
tuman FHDYO bo‘limi inspektori.
tuman FHDYO bo‘limi inspektori.



