kathaq@mail.ru

MAQSAD – ISHSIZ AHOLINI ISH BILAN TA’MINLASH

Davlatimiz rahbari videoselektor yig‘ilishida Kambag‘allikni keskin kamaytirish uchun odamlarimizga doimiy daromad keltiradigan ish o‘rinlarini yaratish zarurligini aytib, mutasaddilarga bu borada topshiriq bergandi. 
So‘nggi  yillarda aholi bandligini ta’minlash, ularni kasbga o‘qitish va qayta tayyorlash, yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha tumanimizda ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2024 yilda Kattaqo‘rg‘on tumanida  kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashining navbatdan tashqari 96-sessiyasida deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.
Dasturga ko‘ra tumanda hududiy investitsiya dasturi doirasida joriy yilda 1 128,8 milliard so‘mlik 43 ta investitsiya loyihalari, sanoat sohasida 919,4 milliard so‘mlik 16 ta loyihalar, xizmat ko‘rsatish sohasida 105,7 milliard so‘mlik 23 ta loyihalar, qishloq xo‘jaligi sohasida 103,7 milliard so‘mlik 4 ta loyihalar amalga oshiriladi. Natijada 1712 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan. 
Yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi doirasida 69 ta mahallalarda 24 850 nafar ishsiz aholi bandligi ta’minlanadi. 6,8 ming nafari doimiy, 12,0 ming nafari mavsumiy,  6,1 ming nafari vaqtinchalik ishlarda ishlashadi. 320 nafar fuqarolarni xorijiy davlatlarga Germaniya, Angliya, Janubiy Koreya va boshqa davlatlarga  xavfsiz tashkillashtirilgan tartibda ishlashga yuboriladi.
Xizmatlar sohasini rivojlantirish hisobiga 0,94 mingta yangi ish o‘rinlari yaratiladi. 325 ta yangi xizmat ko‘rsatish, 7 ta ko‘chani markaziy ko‘chaga aylantirish, 20 ta avtomagistral yo‘li bo‘yida loyihalarni amalga oshirish, dehqon bozori hamda yirik savdo majmuasini tashkil etish, 12 ta ijtimoiy xizmat ko‘rsatish loyihalarini tashkil etish, 1 ta turizm xizmatlari loyihalarini tashkil etish, 1 ta agroxizmat turlarini tashkil etish, 310 ta “K-savdo” orqali 940 ta ish o‘rinlari yaratilishi dasturda ko‘rsatib o‘tilgan.
Shuningdek, mahallalarda imkoniyati bor ishsiz oilalarni aniqlagan holda, 468 nafar fuqaro jamoat ishlariga jalb etiladi.
“Biznesga birinchi qadam” bank kartasi orqali 8,6 milliard so‘mlik mikroqarz ajratish hisobiga yillik ijtimoiy soliq to‘lovlarini to‘layotgan o‘zini o‘zi band qilgan 2 073 nafar shaxslar biznesga jalb qilinadi.
787 nafar aholi, yoshlar va xotin-qizlarga mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunar o‘rgatiladi. 1,4 ming gektar qishloq xo‘jaligi yer maydonlari qayta foydalanishga kiritiladi. G‘alladan bo‘shagan 810 gektar takroriy yer maydonlar ishsiz fuqorolarga foydalanishga beriladi. 60 mingta aholi xonadonlari tomorqa xo‘jaliklarida 134,7 ming tonna qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtiriladi. 100 gektar yer maydonini 1 gektardan 100 ta fuqarolarga va paxta-g‘alla maydonlarini qisqartirish orqali 100 gektar maydon o‘rtacha 1 gektardan fuqarolarga berilib, 3 200 tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiriladi. 130 ta aholi xonadonlariga bog‘dorchilik, uzumchilik va limonchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 3,9 milliard so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar 7 yil muddatga ajratiladi. 150 ta aholi xonadonlariga issiqxona qurush uchun 2,1 milliard so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar beriladi.
O‘tkir USMONOV.
Хато топдингизми?

Сичқонча ёрдамида хато қисмини танланг ва CTRL+ENTER тугмачаларини босинг.

Кўрсатилган ойнада муаммони тавсифланг ва маъмуриятга хабарнома юборинг.

Бошқа хабарлар

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг фермерларга
Долзарб мавзу / Jamiyat

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг ..

ҒАЛЛАНГИЗГА ҚЎШИМЧА ЎҒИТ БЕРИНГ ҲАМДА АГРОТЕХНИК ТАДБИРЛАРНИ ЎЗ ВАҚТИДА ҚЎЛЛАБ, ҒАЛЛАДАН...

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI
Siyosat / Jamiyat

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI ..

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING Q A R O R I Kattaqo‘rg‘on tumanining...

Изоҳ қолдириш

Оммабоп янгиликлар

image

Мақолалар архиви

Январь 2026 (3)
Декабрь 2025 (8)
Ноябрь 2025 (5)
Октябрь 2025 (1)
Сентябрь 2025 (11)
Август 2025 (9)

Календарь

«    Февраль 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425262728 
image

Сайтимизнинг янги кўриниши сизга ёқдими?