kathaq@mail.ru

FUQAROLARNING PASPORTINI OLIB QO‘YIB FOHISHALIK BILAN SHUG‘ULLANISHGA MAJBUR QILGAN AYOL QAMOQQA OLINDI


Afsuski, ko‘plab tegishli targ‘ibot-tashviqot olib borilishiga qaramay, har yili millionlab insonlar "zamonaviy qullik", ya’ni odam savdosi qurboniga aylanmoqda. Ushbu jinoyatning rivojlanishiga turtki bo‘layotgan asosiy omillardan biri odamlarning chet elga borish va ishga joylashish haqida yetarli ma’lumotga ega emasligidir. Achinarlisi, o‘zga davlatda, begona bir muhitga tushib qolganlar mo‘may daromad ilinjida og‘ir jismoniy mehnatga yollanmoqda, ayollar esa tuban va fahsh ishlarga majbur etilmoqda.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tuman sudining ochiq sayyor sud majlisida asli Kattaqo‘rg‘on shahrida yashagan D.M.ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Ma’lum bo‘lishicha sudlanuvchi D.M. Malayziya davlatiga O‘zbekistondan kelgan ayol va qizlarning pasportlarini viza qilib berish bahonasida olib qo‘yib, ularni fohishalik qilib pul topishga majbur qilib ishlatib kelgan, u qo‘lida ishlaydigan o‘zbekistonlik qizlarni mahalliy politsiya xodimlariga aytib, ularni qamatib, keyinchalik ushlangan qizlarni qamoqdan chiqarish evaziga ulardan katta miqdorda pul talab qilgan. Shu yo‘l bilan o‘zining qo‘lida ishlaydigan qizlarni qamoqdan olib chiqish evaziga katta miqdorda majburiy qarzga kiritib qo‘yib, ularning qarzlarini ishlab to‘lashlari uchun fohishalik qilishga majburlagan.
Afsuski, respublikamizning turli hududlaridan ko‘plab xotin-qizlarimiz chet elda ishlab pul topaman, degan xom xayollari natijasida o‘zlari bilib-bilmagan holda bu tovlamachining tuzog‘iga tushib qolishgan.
Sudlanuvchi D.M. odam savdosi bilan shug‘ullanib boylik orttirish maqsadida Malayziya davlatining Kuala-Lumpur shahridan turib faoliyat olib borgan. Sud majlisi davomida sudlanuvchi javobgarlikdan qutulib qolish maqsadida turli vajlarni o‘ylab topib, sudni chalg‘itishga uringan bo‘lsa-da lekin u javobgarlikdan qochib qutula olmadi. Sud D.M.ning turli bahonalarini javobgarlikdan qutulib qolish maqsadida o‘ylab topgan vajlari sifatida tanqidiy baholab, ishonchga sazovor emas, deb hisobladi.
Sudlanuvchi D.M. O‘zbekiston Respublikasi JKning 135-moddasi 2-qismi «a,b,d,ye,i» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 5 (besh) yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
“Qilmish-qidirmish”, deb bekorga aytilmaganda, axir.


Temur ALMAMATOV, 
JIB Kattaqo‘rg‘on tuman sudi raisi.
Zafar IBRAGIMOV, 
Samarqand viloyat sudi sudyasi

Хато топдингизми?

Сичқонча ёрдамида хато қисмини танланг ва CTRL+ENTER тугмачаларини босинг.

Кўрсатилган ойнада муаммони тавсифланг ва маъмуриятга хабарнома юборинг.

Бошқа хабарлар

Navbatdagi sessiya chaqirilmoqda: unda qanday masalalar ko‘riladi?
Siyosat / Jamiyat

Navbatdagi sessiya chaqirilmoqda: unda qanday masalalar ..

Navbatdagi sessiya chaqirilmoqda: unda qanday masalalar ko‘riladi?...

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI
Siyosat / Jamiyat

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI ..

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING Q A R O R I 2026-yilda Kattaqo‘rg‘on...

Изоҳ қолдириш

Оммабоп янгиликлар

image

Мақолалар архиви

Февраль 2026 (1)
Январь 2026 (3)
Декабрь 2025 (8)
Ноябрь 2025 (5)
Октябрь 2025 (1)
Сентябрь 2025 (11)

Календарь

«    Февраль 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425262728 
image

Сайтимизнинг янги кўриниши сизга ёқдими?