
Bugun tumandagi 23-maktabda ijod ahli jam bo‘ldi. Shu maktabning 11-sinfida tahsil olayotgan Shaydo Yusufovaning “BAXTIM BAHORI” she’riy kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Unda “Kattaqo‘rg‘on: kecha va bugun” gazetasining ijodiy xodimlari, shoir va yozuvchilar, Ma’naviyat va ma’rifat markazining tuman bo‘linmasi xodimlari, shuningdek, o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda mazkur kitob xususida batafsil so‘z yuritildi.
Umidli qalamkash Shaydo Yusufovaning ushbu to‘plamida bir turkum she’rlari jamlangan. Ota-onaga hurmat, mehr-oqibat, do‘stlik, bir so‘z bilan aytganda yaxshilik va ezgulik tarannum etilgan.



