
Kecha, tumandagi 2 va 17-umumta’lim maktablarida "Biz zo‘ravonlikka va jinoyatchilikka qarshimiz" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Tadbirda Kattaqo‘rg‘on tuman hokimi o‘rinbosari Sayyora Jumayeva, Samarqand viloyat IIB xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Nigora Yodgorova, Turizm xalqaro universiteti prorektori Nargiza Akbarovna, Samarqand viloyati Yoshlar ishlari agentligi xodimi Shaxzoda Homidova, Kattaqo‘rg‘on tuman IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori kapitan Dilnoza Beknazarovalar qatnashdilar.
Tadbirda xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari hamda xotin-qizlarning hayoti, sog‘lig‘i uchun paydo bo‘lgan xavfni bartaraf etish, tezkor chora-tadbirlarni talab qiladigan hayotiy vaziyatlar yuz berganda xotin-qizlarning xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, jabrlanuvchiga nisbatan tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan shaxsning takroran g‘ayri qonuniy xatti-harakatlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tushunchalar berildi.
Shundan so‘ng, ishchi guruhi a’zolari Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Kattaqo‘rg‘on namunali tumanlararo markaziga bordi. U yerdagi xotin-qizlar bilan suhbat o‘tkazib, shart-sharoitlar bilan tanishdi.



