
Bugun Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashining Oltinchi chaqiriq to‘qson beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishini Kengash raisi, tuman hokimi Jamshid Nasriddinov olib bordi.
Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
1. Xalq deputatlari tuman Kengashining 2024 yilga mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida;
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonasi orqali 2023-yil davomida kelib tushgan murojaatlar hamda sektorlar rahbarlari tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabullar tahlili to‘g‘risida;
3. Tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i B.Baymuradovning “Tumanda 2023-yilda norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti yuzasidan amalga oshirgan ishlari yuzasidan axboroti to‘g‘risida;
4. Tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i A.Turg‘unovning 2023-yilda mahalliy byudjet prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishi, soliq qarzlarini qisqartirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda tumanda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar hamda mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun 2024-yil uchun belgilangan bazaviy soliq stavkasi asosida yer solig‘i stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi hisoboti;
5. Tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan 2023-yilda amalga oshirgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti;
6. Tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi tomonidan tumanda 2023-yil davomida amalga oshirgan ishlari hamda Jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish, baholash, tanlab olish hamda ijrosini monitoring qilish bo‘yicha tuman ishchi komissiyasining hisoboti to‘g‘risida
7.“Kattaqo‘rg‘ontumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i O.Qo‘ldoshevning 2023 yilda tumanda aholining gaz ta’minoti bilan ta’minlanishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti haqida;
8. Boshqa masalalar.
Sessiyada ko‘rilgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilindi.



