kathaq@mail.ru

AHOLI FAROVONLIGINI YUKSALTIRISH YO‘LIDA ASTOYDIL MEHNAT QILAVERAMIZ


Xalqaro kongress markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotida  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 18-avgustdagi farmoniga muvofiq, mamlakatimiz iqtisodiy qudrati va aholi farovonligini yuksaltirishda namuna ko‘rsatayotgan 44 nafar yurtdoshimiz unvon, orden va medallar bilan taqdirlandi. Ular orasida men ham “Shuhrat” medali bilan taqdirlandim. Muhtaram Prezidentimizning qo‘lidan  “Shuhrat” medalini olishim va bu yuksak mukofot meni yanada fidoyilik bilan ishlashga undaydi.

Bugungi kunda men rahbar bo‘lgan  «Kattaqo‘rg‘on elektrotexnika zavodi»da yiliga  1200 dona TNG import o‘rnini bosuvchi transformatorlar ishlab chiqarilmoqda. Zavodda 80 nafar doimiy ish o‘rni yaratilgan. Shundan 30 nafardan ortig‘i xotin-qizlardir. Zavod qoshida tikuvchilik fabrikasi ham tashkil qilingan bo‘lib, unda 50 nafar xotin-qizlar ishlamoqda.
Meylixo‘ja mahallasi hududida quvvati 288 o‘rinli, 9 milliard 700 million so‘m mablag‘ evaziga  “WILLAGE SCHOOL” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini ishga tushirdik. Natijada 40 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Bundan tashqari, 34 gektar lalmi maydonda zamonaviy usulda uzumzor tashkil qildik.Hozir, shundan 10 gektari hosilga kirgan. Uzumzorda doimiy 12 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.
Biz bundan keyin ham tumanda yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi farovonligini yuksaltirish yo‘lida astoydil mehnat qilib, tumanning ijtimoiy hayotida faol ishtirok etamiz. Shuningdek, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasidayam faollik ko‘rsatamiz.
Betakror diyorimizga yangi – 2024-yil ham kirib kelishiga sanoqli damlar qolmoqda.
 Siz, muhtaram yurtdoshlarimizni  Yangi yil bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman! Barchangizga sihat-salomatlik, baxt va quvonch tilayman!


Anvar NORBOYEV,
«Kattaqo‘rg‘on elektrotexnika zavodi» rahbari, 
tuman Kengashi deputati.


Хато топдингизми?

Сичқонча ёрдамида хато қисмини танланг ва CTRL+ENTER тугмачаларини босинг.

Кўрсатилган ойнада муаммони тавсифланг ва маъмуриятга хабарнома юборинг.

Бошқа хабарлар

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг фермерларга
Долзарб мавзу / Jamiyat

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг ..

ҒАЛЛАНГИЗГА ҚЎШИМЧА ЎҒИТ БЕРИНГ ҲАМДА АГРОТЕХНИК ТАДБИРЛАРНИ ЎЗ ВАҚТИДА ҚЎЛЛАБ, ҒАЛЛАДАН...

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI
Siyosat / Jamiyat

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI ..

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING Q A R O R I Kattaqo‘rg‘on tumanining...

Изоҳ қолдириш

Оммабоп янгиликлар

image

Мақолалар архиви

Январь 2026 (3)
Декабрь 2025 (8)
Ноябрь 2025 (5)
Октябрь 2025 (1)
Сентябрь 2025 (11)
Август 2025 (9)

Календарь

«    Февраль 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425262728 
image

Сайтимизнинг янги кўриниши сизга ёқдими?