kathaq@mail.ru

FERMERLIKDAN BAXT TOPDIM


Istiqlol xalqimizga cheksiz imkoniyatlarni tuhfa etdi. Har bir insonning o‘z mehnatidan bahramand bo‘lib, emin-erkin faoliyat yuritishiga shart-sharoit yaratildi. Hozirgi fermer nafaqat dehqonchilik sirlarini puxta bilishi, ayni paytda u iqtisodchi, hisobchi, yaxshi tadbirkor, kerak bo‘lsa, diplomat bo‘lmog‘i zarur. “Oybek” fermer xo‘jaligi tumandagi ana shunday fermer xo‘jaliklaridan biri hisoblanadi. 
Yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlardan unumli foydalangan fermer xo‘jaligi a’zolari paxtachilikni rivojlantirish, ekin maydonlarining bir qismida g‘alla parvarishlab, dasturxonimiz ma’murchiligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shayotir. Olinayotgan daromad evaziga qishloq xo‘jaligi texnikalari xarid qilmoqda. Yangi ish o‘rinlari yaratish evaziga qishloq odamlari bandligini ta’minlashga ko‘maklashayotir. Xo‘jalikka qarashli “Aslzoda” to‘ylar maskani va avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shaxobchasi ham xalq xizmatida. Bolalar sportini rivojlantirish, ta’lim muassasalari va ehtiyojmand oilalarga homiylik yordami ko‘rsatmoqda.
Joriy yilda 130 gektar maydonda dehqonchilik qilgan fermer xo‘jaligi 60 gektar maydonda g‘alla parvarishlab, 540 tonna yoki 90 sentnerdan hosil ko‘tardi. 70 gektar maydonda paxta yetishtirib, har gektar maydondan 48 sentnerdan 336 tonna sifatli xomashyo yig‘ib oldi. Takroriy ekinlar ekish orqali yer maydonlaridan olinayotgan daromad miqdori yanada salmoqli bo‘lishiga erishildi. Bundan tashqari, 2,5 gektar yer maydonida mevali bog‘ yartilgan bo‘lib, mo‘l meva hosili ham yig‘ishtirib olindi. Hozir xo‘jalik ixtiyorida 10 ga yaqin turli texnika bor. Yoqilg‘i-moylash materiallari ham, o‘g‘it bilan ta’minlash ham yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.
– Bolalikdan dalada mehnat qilib o‘sganmiz, – deydi tajribali fermer. – O‘quvchilik yillarimizda ham tongni tunga ulab, g‘o‘za qator oralarini chopiq qilganmiz, paxta terganmiz. Fermerlikdan baxt topdim, aslo kam bo‘lmadim. Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldim. Yangi uy-joy qurdim. To‘ylar qilayapman. Yengil avtomashinam bor. Oilam tinch, farovon. Bularning barchasi mamlakatimizda xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar, davlatimiz tomonidan dehqonga ko‘rsatilayotgan ulkan g‘amxo‘rlik ifodasidir.
Ibodulla aka Mardonov boshchiligidagi “Oybek” fermer xo‘jaligining kelgusi rejalari ham ancha yuksak. Xo‘jalik a’zolarini kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklab, kelgusi yilda barcha yaxshi niyatlari amalga oshishini tilab qolamiz.


G‘.MIYASSAROV.

Хато топдингизми?

Сичқонча ёрдамида хато қисмини танланг ва CTRL+ENTER тугмачаларини босинг.

Кўрсатилган ойнада муаммони тавсифланг ва маъмуриятга хабарнома юборинг.

Бошқа хабарлар

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг фермерларга
Долзарб мавзу / Jamiyat

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг ..

ҒАЛЛАНГИЗГА ҚЎШИМЧА ЎҒИТ БЕРИНГ ҲАМДА АГРОТЕХНИК ТАДБИРЛАРНИ ЎЗ ВАҚТИДА ҚЎЛЛАБ, ҒАЛЛАДАН...

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI
Siyosat / Jamiyat

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI ..

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING Q A R O R I Kattaqo‘rg‘on tumanining...

Изоҳ қолдириш

Оммабоп янгиликлар

image

Мақолалар архиви

Январь 2026 (3)
Декабрь 2025 (8)
Ноябрь 2025 (5)
Октябрь 2025 (1)
Сентябрь 2025 (11)
Август 2025 (9)

Календарь

«    Февраль 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425262728 
image

Сайтимизнинг янги кўриниши сизга ёқдими?