kathaq@mail.ru

Kattaqo‘rg‘on tumanida sement zavodi ishga tushirildi


Kattaqo‘rg‘on tumani Kumushkent MFY hududida yirik sement zavodining ochilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Ochilish marosimida Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov, tuman hokimi Jamshid Nasriddinov, zavod rahbari, xitoylik investor Guo bin, tuman sektor rahbarlari, shuningdek turli davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, taklif etilgan mehmonlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Zamonaviy texnologiyalar asosida sifatli sement mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan qurilishlarga o‘z hissasini qo‘shish maqsadida:  sement ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi asosida xitoylik investorlar ko‘magida barpo etilgan ushbu zavod yiliga 3 million tonna mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega. 38,5 gektar yer maydonida joylashgan ushbu zavodni barpo etish uchun respublika Milliy bankining mablag‘lari hamda 340 million dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb qilingan bo‘lib, qurilish ishlari Xitoyning “China Energy Engineering Corporation” korxonasi tomonidan mahalliy quruvchilarni jalb qilgan holda amalga oshirildi. Ishlab chiqarish dastgohlari Xitoydan olib kelib o‘rnatildi.

   Ushbu loyiha bo‘yicha sement zavodining yillik eksport quvvati 82,0 million AQSH dollarni tashkil etib, Yevropa va boshqa xorijiy davlatlarga yo‘naltiriladi. Zavod ishga tushishi natijasida 600 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi va bu ish o‘rinlariga asosan mahalliy aholi jalb qilinadi.

O'tkir Usmonov.
Хато топдингизми?

Сичқонча ёрдамида хато қисмини танланг ва CTRL+ENTER тугмачаларини босинг.

Кўрсатилган ойнада муаммони тавсифланг ва маъмуриятга хабарнома юборинг.

Бошқа хабарлар

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг фермерларга
Долзарб мавзу / Jamiyat

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг ..

ҒАЛЛАНГИЗГА ҚЎШИМЧА ЎҒИТ БЕРИНГ ҲАМДА АГРОТЕХНИК ТАДБИРЛАРНИ ЎЗ ВАҚТИДА ҚЎЛЛАБ, ҒАЛЛАДАН...

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI
Siyosat / Jamiyat

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI ..

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING Q A R O R I Kattaqo‘rg‘on tumanining...

Изоҳ қолдириш

Оммабоп янгиликлар

image

Мақолалар архиви

Январь 2026 (3)
Декабрь 2025 (8)
Ноябрь 2025 (5)
Октябрь 2025 (1)
Сентябрь 2025 (11)
Август 2025 (9)

Календарь

«    Февраль 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425262728 
image

Сайтимизнинг янги кўриниши сизга ёқдими?