kathaq@mail.ru

Qanday yutuqlarga erishayotgan bo‘lsak, berilgan imkoniyat va e’tibor tufaylidir!


Kattaqo‘rg‘on tumanidagi "KATTAQO'RG'ON ELEKTROTEXNIKA ZAVODI"  MCHJ rahbari, yaqinda “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan tadbirkor Anvar Norboyev ishtirokida aholi vakillarining ochiq muloqoti o‘tkazildi.


Anvar Norboyev rahbarlik qilayotgan "KATTAQO'RG'ON ELEKTROTEXNIKA ZAVODI" yillik quvvati 1200 dona TNG import o‘rnini bosuvchi transformatorlar ishlab chiqaradi. Zavodda 80 nafar doimiy ish o‘rni yaratilgan. Shundan 30 nafardan ortig‘i xotin-qizlardir. Zavod qoshida tikuvchilik fabrikasi ham tashkil qilingan bo‘lib, unda 50 nafar xotin-qizlar ishlamoqda.

Shuningdek, tadbirkor Anvar Norboyev tumanning Meylixo‘ja mahallasi hududida quvvati 288 o‘rinli, 9 milliard 700 million so‘mlik “WILLAGE SCHOOL” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini ishga tushirdi. Natijada 40 ta yangi ish o‘rni yaratdi. 

Bundan tashqari 34 gektar lalmi maydonda zamonaviy usulda uzumzor tashkil qilib, shundan 10 gektari hosilga kirgan. Uzumzorda doimiy 12 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.Anvar Norboyev muloqotda mana shunday natijalarga erishish yo‘lidagi intilishlarini gapirib berdi, ishtirokchilarning savollariga javob berdi.

- Bugun tadbirkorning zamoni. Ilgari ishbilarmonlar hatto oddiy muammolarini hal etishda qiynalishgan, bugun Yurtboshimiz nazaridamiz. Qanday yutuqlarga erishayotgan bo‘lsak, berilgan imkoniyat va e’tibor tufaylidir, - dedi tadbirkor.

Uchrashuvda Kattaqo‘rg‘on tuman hokimi Jamshid Nasriddinov, tuman prokurori Shuhrat Xolmurzayev, tegishli soha vakillari, faollar va tumandagi tadbirkorlar hamda Kattaqo‘rg‘on tumanida bunyod etilayotgan “HENGYUAN CEMENT” sement zavodi mas’ullari ham ishtirok etishdi.


O‘tkir USMONOV.
Хато топдингизми?

Сичқонча ёрдамида хато қисмини танланг ва CTRL+ENTER тугмачаларини босинг.

Кўрсатилган ойнада муаммони тавсифланг ва маъмуриятга хабарнома юборинг.

Бошқа хабарлар

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг фермерларга
Долзарб мавзу / Jamiyat

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг ..

ҒАЛЛАНГИЗГА ҚЎШИМЧА ЎҒИТ БЕРИНГ ҲАМДА АГРОТЕХНИК ТАДБИРЛАРНИ ЎЗ ВАҚТИДА ҚЎЛЛАБ, ҒАЛЛАДАН...

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI
Siyosat / Jamiyat

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI ..

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING Q A R O R I Kattaqo‘rg‘on tumanining...

Изоҳ қолдириш

Оммабоп янгиликлар

image

Мақолалар архиви

Январь 2026 (3)
Декабрь 2025 (8)
Ноябрь 2025 (5)
Октябрь 2025 (1)
Сентябрь 2025 (11)
Август 2025 (9)

Календарь

«    Февраль 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425262728 
image

Сайтимизнинг янги кўриниши сизга ёқдими?