kathaq@mail.ru

ASALARICHILAR SULOLASI ASALNI QANDAY YETISHTIRISHADI?


Hammamizga ma’lumki,  asalarilar yetti xazinaning biri hisoblanadi. Asalarichilik sohasi qadimiy soha bo‘lganligi sababli, qishloq va qishloq bo‘yi hududlarida keng tarqalgan faoliyat turi demakdir. 

Asalarilardan olinadigan birlamchi mahsulot asal hisoblanib, xalq tabobatida keng foydalaniladi. Bundan tashqari, asalarilardan inson salomatligi uchun zarur bo‘lgan asalari suti, asalari mumi va asalari zahari olinadi.
Bugungi kunga kelib asalarilarning ham turlari ko‘payib boryapti. Yildan yilga yangi turlari tarqalyapti. Bu bir tomondan qaraydigan bo‘lsak, juda yaxshi… 
Kattaqo‘rg‘on tumani Qo‘shtepa qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Ro‘ziqulov Mirzashirin ota 61 yildan buyon asalarichilik bilan shug‘ullanib keladi.  
-Bolaligimdanoq bu mitti hasharotlarga mehr berganman, - deydi suhbatimiz qahramoni Mirzashirin ota. - U paytlar otam asalarichilik bilan shug‘ullanardi. Aniq esimda, hovlimizning boshidan oxirigacha asalari uyalari egallab olardi. Hayotimni asalarichilik bilan boshladim va otamdan uning hamma sir-sinoatini o‘rgandim. Chamasi, 15 yoshlar paytimda o‘zimning birinchi shaxsiy asalarilarim paydo bo‘lgan. Bu men uchun quvonarli birinchi natija edi. O‘shandan buyon bu ish hayotimning mazmuniga aylandi. Agar inson asalarilarni yaxshi ko‘rmasa, bu ish qo‘lidan kelmaydi. Inson o‘z ishini sevishi kerak, eng muhimi shu. Shundagina hammasi yaxshi bo‘ladi.
Erta bahor kelishi bilan, erta ochiladigan gullar ochilishni boshlashi bilan asalarichilarning asosiy ish jarayonlari boshlanadi. Shuning uchun har yil mavsum boshlanishi bilan asalarichilar asalari uyalarini gulli o‘simliklari ko‘p bo‘lgan tog‘lar va dashtlarga olib borishadi. Bu yil ham mavsumga qarab 200 ga yaqin asalari uyalarini Kattaqo‘rg‘on tumanida joylashgan dashtli hududlardan biriga olib bordik, o‘tgan yil ayni shu mavsumda asalari uyalarini Xatirchi tumanidagi qir-adirlari ko‘p bo‘lgan qishloqlardan biriga olib borgandik. Asalari uyalarini bunday hududlarga joylashdan asosiy maqsad shuki, asalarilar mavsum boshlanishi bilan nektar yig‘ishni boshlaydi. Asosiy nektarni asalarilar uyalaridan uncha uzoq bo‘lmagan hududlardan yig‘adi, asalari qanchalik uzoq uchsa, uyaga shuncha kam nektar olib keladi, - deydi qahramonimiz.
Mavsum boshlanishi bilan asalarichilar har bir uyaning holatini tekshirish kerak. Bundan tashqari, uyada asal qolmasa asalarilarni ozuqa bilan ta’minlash muhimdir. Mirzashirin otaning so‘zlariga ko‘ra u asalarilarini erta bahorda va kech kuzda gullagan o‘simliklar bo‘lmagan paytda asal qiyomi yoki shakar qiyomi bilan oziqlantiradi, lekin asal qiyomi shakar qiyomiga qaraganda asalarilar uchun ancha foydali, deydi.
- Bahor oxirlari va kuz boshlari asal yig‘ish vaqti, asalarichilar uchun asosiy mavsum hisoblanadi. Bahor faslida olingan asal ranggi qizil bo‘ladi, bunga sabab nektar yig‘ish uchun asosiy gullar ayni bahorda ochiladi. Har xil o‘simliklardan, giyohlardan yig‘ib olingan nektarlardan tayyorlangan asal dorivor sanaladi. Kuz faslida olinadigan asal ranggi oqimtir tusda bo‘ladi, bunga sabab asalarilar nektarlarni faqat paxta gullaridan oladi, - deydi Mirzashirin ota. 
Suhbatimiz qahramonining so‘zlariga ko‘ra, ikkita yonma-yon turgan uyadan olingan asal hech qachon bir xil bo‘lmaydi. Har bir oila yiliga kamida 15 kg asal berishi mumkin. O‘rtacha hisobda yiliga 3000 kg asal yig‘ishtirib olinadi. Asal yig‘ish mavsumi boshlanishi bilan deyarli kecha-yu kunduz ishlashga to‘g‘ri keladi. 
- Asalni bo‘shatib olish uchun erta sahardan turaman va yarim tunda uxlayman,-deydi asalchi otaxon. -Avval jihozlarni tayyorlayman, keyin asalari uyalaridan katakchali ramkalarni chiqarib olaman, asal to‘la katakchalarni issiq pichoq bilan kesib tushiraman, keyin ularni asal apparatiga solaman. Apparat 1 daqiqada 100-120 martagacha aylanadi, natijada apparat devorlari bo‘ylab asal sizib, oqib tushaveradi. Tayyor yig‘ilgan asallarni bankalarga joylayman. Asalning miqdori va sifati yaxshi bo‘lishi uchun asalarilar mavsumga yaxshi tayyorlagan bo‘lishi va yaqin atrofda qanday o‘simliklar o‘sishiga bog‘liq bo‘ladi.
Suhbatimiz davomida qahramonimizga kelajakdagi rejalaringiz qanday, yangi ish o‘rinlari yaratmoqchimisiz, sizdan keyin bu sohani kim davom ettiradi, farzandlaringiz, nabiralaringiz orasida shu sohaga qiziqib, sizdan sohaning faoliyati haqida so‘rab, qiziqib o‘rganayotganlar bormi kabi savollarni berdik. Qahramonimiz “O‘zim ishlashga o‘rganib qolganman, qiziqib o‘rganayotganlar ham bor,Alloh o‘zi qo‘llab, madadkor bo‘lib tursa, hali bu faoliyatni kengaytiraman, yangi asalari turlarini ko‘paytiraman” deb javob qaytardi.
Mirzashirin otaning fikricha, asalarichilik faoliyatini endi boshlamoqchi bo‘lganlar uchun 1-15 tagacha uya bilan boshlashni tavsiya qilinadi. Faoliyatning birinchi yili foyda bo‘lmasligi mumkin, lekin malaka shakllanadi. 


Muxlisa BERDIYOROVA,
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili ta’limi fakulteti talabasi.


Хато топдингизми?

Сичқонча ёрдамида хато қисмини танланг ва CTRL+ENTER тугмачаларини босинг.

Кўрсатилган ойнада муаммони тавсифланг ва маъмуриятга хабарнома юборинг.

Бошқа хабарлар

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг фермерларга
Долзарб мавзу / Jamiyat

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг ..

ҒАЛЛАНГИЗГА ҚЎШИМЧА ЎҒИТ БЕРИНГ ҲАМДА АГРОТЕХНИК ТАДБИРЛАРНИ ЎЗ ВАҚТИДА ҚЎЛЛАБ, ҒАЛЛАДАН...

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI
Siyosat / Jamiyat

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI ..

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING Q A R O R I Kattaqo‘rg‘on tumanining...

Изоҳ қолдириш

Оммабоп янгиликлар

image

Мақолалар архиви

Январь 2026 (3)
Декабрь 2025 (8)
Ноябрь 2025 (5)
Октябрь 2025 (1)
Сентябрь 2025 (11)
Август 2025 (9)

Календарь

«    Февраль 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425262728 
image

Сайтимизнинг янги кўриниши сизга ёқдими?