kathaq@mail.ru

"Prokuror kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi


Bugun Kattaqo‘rg‘on tumanida joylashgan sport maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kurash sport turini rivojlantirish va uni xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4881-sonli qarori ijrosini bajarish hamda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, jinoyatchilikning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yoshlarni jismonan sog‘lom va har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish maqsadida sportning “KURASH” turi bo‘yicha uyushmagan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida Kattaqo‘rg‘on tumani “Prokuror kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada viloyatimizning Kattaqo‘rg‘on va Samarqand shahri, Kattaqo‘rg‘on, Jomboy, Urgut, Pastdarg‘om, Toyloq, Paxtachi va Nurobod tumanlari hamda Qashqadaryo viloyatidan eng sara va kuchli 100 nafardan ziyod polvonlar g‘oliblik uchun gilamga tushdi.


Musobaqaning tantanali ochilish marosimida tuman hokimi Jamshid Nasriddinov, tuman prokurori Shuxrat Xolmurzayev so‘zga chiqib, jismoniy tarbiya va sportga berilayotgan e’tibor, buning natijasida yoshlarning xalqaro sport maydonlaridagi muvaffaqiyatlari, erishayotgan yutuqlari, haqida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, bu kabi musobaqalar kelgusida respublika va xalqaro miqyosida o‘tadigan bellashuvlar oldidan muhim tayyorgarlik vazifasini o‘tashini ta’kidlab, sportchilarga omad tiladi.

Yuqori saviyada tashkil etilgan, murosasiz o‘tgan bahslarda g‘oliblar, sovg‘a, faxriy yorliqlar va medallar bilan taqdirlandi.

Xurshid TURONOV,
Kattaqo‘rg‘on tumani prokurorining katta yordamchisi.

Хато топдингизми?

Сичқонча ёрдамида хато қисмини танланг ва CTRL+ENTER тугмачаларини босинг.

Кўрсатилган ойнада муаммони тавсифланг ва маъмуриятга хабарнома юборинг.

Бошқа хабарлар

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг фермерларга
Долзарб мавзу / Jamiyat

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг ..

ҒАЛЛАНГИЗГА ҚЎШИМЧА ЎҒИТ БЕРИНГ ҲАМДА АГРОТЕХНИК ТАДБИРЛАРНИ ЎЗ ВАҚТИДА ҚЎЛЛАБ, ҒАЛЛАДАН...

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI
Siyosat / Jamiyat

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI ..

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING Q A R O R I Kattaqo‘rg‘on tumanining...

Изоҳ қолдириш

Оммабоп янгиликлар

image

Мақолалар архиви

Январь 2026 (3)
Декабрь 2025 (8)
Ноябрь 2025 (5)
Октябрь 2025 (1)
Сентябрь 2025 (11)
Август 2025 (9)

Календарь

«    Февраль 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425262728 
image

Сайтимизнинг янги кўриниши сизга ёқдими?